📈Umumjahon pochta ittifoqining Xalqaro pochta aloqasi rivojlanish indeksi (2IPD) bo‘yicha O‘zbekiston 181 ta davlat orasida 64-o‘rinni egalladi. Mamlakatimiz avvalgi natijaga nisbatan 11 pog‘ona yuqorilab, xalqaro reytingda sezilarli o‘sishga erishdi. Avval O‘zbekiston ushbu reytingda 75-o‘rinda qayd etilgan edi.
▶️Xalqaro pochta aloqasi rivojlanish indeksi mamlakatlarning pochta sohasidagi taraqqiyotini baholash, milliy pochta tizimlarining samaradorligi va xalqaro pochta tarmoqlariga integratsiyalashuv darajasini tahlil qilishda muhim ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi.
🗺Bugungi kunda pochta aloqasi nafaqat an’anaviy xat va jo‘natmalarni yetkazib berish, balki elektron tijoratni rivojlantirish, aholi va tadbirkorlik subyektlariga qulay logistika xizmatlarini taqdim etish hamda xalqaro savdo aloqalarini qo‘llab-quvvatlashda ham muhim o‘rin tutadi. Shu bois pochta infratuzilmasini modernizatsiya qilish, xizmatlar ko‘lamini kengaytirish va raqamli yechimlarni joriy etish sohaning raqobatbardoshligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
⬆️O‘zbekistonning xalqaro reytingda 11 pog‘ona yuqorilashi milliy pochta tizimini yanada rivojlantirish, xizmatlar sifatini izchil oshirish va mamlakatning global pochta tarmog‘idagi o‘rnini mustahkamlash yo‘lidagi ijobiy natijalardan biridir.
📊 Ma'lumot uchun: 2023-yilning 5-oktabr kuni Ar-Riyod shahri (Saudiya Arabistoni)da bo‘lib o‘tgan UPUning IV-Favqulodda Kongressining Strategik sammitida O‘zbekiston Respublikasi “Pochta taraqqiyotining yuksaluvchi yulduzi” mukofoti bilan taqdirlangan edi.
Butunjahon pochta ittifoqining 2023-yilda pochta aloqasini rivojlantirish bo‘yicha hisobotiga ko‘ra, “O‘zbekiston pochtasi” AJ pochta aloqasini rivojlantirish indeksida yuqori o‘rinni qayd etib, 115-o‘rindan 74-o‘ringa ko‘tarilgandi.
На русском
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
