📌“Unicon Soft” kompaniyasi Osiyo va Okeaniya mintaqasidagi nufuzli ASOCIO Digital & AI Awards 2026 xalqaro mukofotining “Digital Government” (Raqamli hukumat yo‘nalishidagi loyihalari uchun) nominatsiyasida g‘olib deb topildi! Mukofotlar Indoneziyaning Jakarta shahrida bo‘lib o‘tgan rasmiy marosimda topshirildi.
🆙ASOCIO (Asian-Oceanian Computing Industry Organization) — Osiyo va Okeaniyadagi 25 ta mamlakatning IT-assotsiatsiyalarini birlashtirgan xalqaro federatsiya. Uning tarmog‘i 29 mingdan ziyod ICT kompaniyasini qamrab oladi, a’zo davlatlar iqtisodiyoti esa global YaIMning qariyb 45 foizini tashkil etadi.
Ushbu mukofot raqamli hukumat sohasida yaratayotgan yechimlarimizning xalqaro e’tirofidir.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X

