#IOI2026 #Uzbekistan
🔊 Yana bir tarixiy voqea: O'zbekiston ilk bor nufuzli IOI 2026 xalqaro olimpiadasiga mezbonlik qiladi!
Joriy yilning 9–16-avgust kunlari O‘zbekiston tarixda birinchi marta 38-Xalqaro Informatika Olimpiadasi (IOI 2026)ga mezbonlik qiladi - maktab o‘quvchilari orasidagi eng nufuzli dasturlash musobaqasi bo‘lib, u texnologik gigantlar va yetakchi global ilmiy-tadqiqot muassasalari uchun eng iqtidorli yoshlarni saralab olish maydonidir.
📈 Raqamlarda:
➡️ 97+ davlatdan 386 nafar iqtidorli o‘quvchi ro'yxatdan o‘tdi;
➡️ Delegatlar, hakamlar va kuzatuvchilar soni 900 nafardan oshdi.
2025-yilgi Boliviya olimpiadasidan kumush va bronza medallar bilan qaytgan O‘zbekiston terma jamoasi endi o‘z uyida yangi rekordlarga tayyor!
🔜 9-16-avgust
📍CAEx ko'rgazmalar markazi
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
Post #23704
56.1K