🇺🇿🇷🇺Rossiya delegatsiyasi Farg‘onadagi dasturchilarni tayyorlash markazi faoliyati bilan tanishdi
➡️ O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi hududlari Kengashining III yig‘ilishida ishtirok etish uchun Farg‘ona viloyatiga tashrif buyurgan Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisining birinchi o‘rinbosari Denis Manturov “Fergana Digital Hub” majmuasida Apple kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan dasturchilarni tayyorlash markaziga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi bo‘lim boshlig‘i Obidjon Axmedov dasturchilarni tayyorlash markazining faoliyati, uning tashkil etilishidan ko‘zlangan maqsadlar hamda raqamli ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan loyihalar haqida ma’lumot berdi.
Shuningdek, markazda yoshlarning zamonaviy texnologiyalarni o‘zlashtirishi, xalqaro talablarga mos bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi uchun yaratilgan imkoniyatlar namoyish etildi.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
Post #25172
2.65K



