TGViewer
Digital.uz Digital.uz @mitcuz · 13K subscribers
Post #25180 2.25K
📮 9-oktabr — Butunjahon pochta kuni

Hurmatli pochta xodimlari hamda soha vakillari!

Sizlarni 9-oktabr – Butunjahon pochta kuni bilan chin dildan tabriklaymiz!

Pochta xizmati insonlarni, shahar va qishloqlarni, mamlakatlarni bir-biriga bog‘lab, maktublar, xabarlar va muhim jo‘natmalarning o‘z manziliga yetib borishini ta’minlaydi.

Bugungi raqamli texnologiyalar davrida ham pochta xizmatlari o‘z ahamiyatini saqlab qolmoqda. Zamonaviy logistika yechimlari va innovatsion texnologiyalar esa ushbu sohaning imkoniyatlarini yanada kengaytirib, xizmatlar tezkorligi va sifatini oshirishga xizmat qilmoqda.

Fursatdan foydalanib, pochta sohasi xodimlarini kasb bayrami bilan tabriklaymiz!Sizlarga mustahkam sog‘liq, mas’uliyatli faoliyatingizda muvaffaqiyat va yangi yutuqlar tilaymiz.

📨 Bayramingiz muborak boʻlsin!

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
More from @mitcuz
  1. Oct 9, 2026Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi…
  2. Oct 9, 2026🔖StartupBlink rahbariyati bilan Xorazm startap ekotizimini rivojlantirish masalalari muho…
  3. Oct 8, 2026Endi 🇺🇿 O‘zbekistonlik talabalar “Google Gemini AI Plus” obunasini “Aileaders.uz” platfo…
  4. Oct 8, 2026🇺🇿🇷🇺Rossiya delegatsiyasi Farg‘onadagi dasturchilarni tayyorlash markazi faoliyati bil…
  5. Oct 8, 2026📌AIAA bosh ijro direktori bilan IAC-2028ga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi ⛓Anta…
  6. Oct 8, 2026O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyo va Ozarbayjon da…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →