TGViewer
Digital.uz Digital.uz @mitcuz · 13.1K subscribers
Post #21322 6.87K
⚡️ Google Gemini sun’iy intellekt platformasida o‘zbek tili rasman joriy etildi

Toshkentda bo‘lib o‘tgan “Sun'iy intellekt davrida yetakchilik: strategiya va innovatsiya” panel sessiyasida muhim yangilik e’lon qilindi. Muhokama ishtirokchilari qatorida bo‘lgan Google Cloudning hukumatlar bilan aloqalar va davlat siyosati bo‘yicha rahbari Marina Junich Google Gemini platformasi endi o‘zbek tilini qo‘llab-quvvatlayotganini ma’lum qildi.

Ushbu yangilik O‘zbekistonda raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt ekotizimini rivojlantirishda muhim qadam bo‘lib, mahalliy mutaxassislar, tadbirkorlar va aholi uchun zamonaviy AI yechimlaridan ona tilida foydalanish imkoniyatini yaratadi.

Tadbirda shuningdek, O‘zbekistonning raqamli transformatsiya jarayonlari, sun’iy intellekt sohasidagi global tendensiyalar va xalqaro hamkorlik masalalari ham keng muhokama qilinmoqda.

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
More from @mitcuz
  1. Oct 9, 2026🟦🟦🟦 “Google Gemini AI Plus” obunasini aileaders.uz platformasi orqali bepul faollashtir…
  2. Oct 9, 2026Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi…
  3. Oct 9, 2026📮 9-oktabr — Butunjahon pochta kuni Hurmatli pochta xodimlari hamda soha vakillari! Sizla…
  4. Oct 9, 2026🔖StartupBlink rahbariyati bilan Xorazm startap ekotizimini rivojlantirish masalalari muho…
  5. Oct 8, 2026Endi 🇺🇿 O‘zbekistonlik talabalar “Google Gemini AI Plus” obunasini “Aileaders.uz” platfo…
  6. Oct 8, 2026🇺🇿🇷🇺Rossiya delegatsiyasi Farg‘onadagi dasturchilarni tayyorlash markazi faoliyati bil…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →