TGViewer
Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги @mintrans_uz · 11.4K subscribers
Post #30123 944

Forwarded from Rasmiy axborot

💝 "Prezidentimizning yonida mening ham bolam turarmikan, deb havas qilardim"

🔷Prezident Shavkat Mirziyoyevning shaxmatchilar bilan uchrashuvida Muhiddin Madaminovning onasi Iroda Isroilova so‘zga chiqib, farzandi va yosh shaxmatchilar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar uchun davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirdi.
"Prezidentimiz bolalar bilan suhbat qurganlarini televizorda ko‘rib, “Mening bolamning orqasida ham Prezidentimiz turarmikan, yonida bolam turarmikan”, deb juda havas qilardim. Allohga behisob shukr, shu kunlarga yetkazganiga. Men baxtli onaman", — dedi Iroda Isroilova.

🔷U farzandi shaxmatdagi ilk qadamlarini qo‘yayotgan paytlarda xorijga chiqish vizasi va aviachiptalar xarajatlarini qoplash, chet ellik murabbiylarni jalb qilish kabi masalalar ota-onalar uchun katta muammo bo‘lganini esladi.
"Bularning hammasini qilib berganingiz uchun, bolalarimiz shu darajaga tezlikda yetib chiqqanlari uchun sizga alohida minnatdorlik bildiraman. Hozirgi kunda bir ona uchun bizga boshqa nima kerak? Faqat Sizni, bolalarimizni duo qilamiz", — dedi shaxmatchining onasi.

🔷Yillar avval televizor qarshisida turib, farzandini ham Prezident yonida ko‘rishni orzu qilgan ona bugun o‘sha orzusi ro‘yobga chiqqanini ta’kidladi.

https://t.me/Rasmiy_axborot_official
More from @mintrans_uz
  1. Sep 30, 2026Central Asia Air Cargo Summit #3 Toshkentda "Central Asia Air Cargo III" xalqaro aviatsiya…
  2. Sep 30, 2026Post #30158
  3. Sep 30, 2026Toshkentda "Central Asia Air Cargo III" xalqaro aviatsiya sammiti bo‘lib o‘tmoqda Ikki kun…
  4. Sep 30, 2026❗️Ishlayotgan onalarga yangi imkoniyatlar yaratiladi Davlatimiz rahbari ayollar bandligini…
  5. Sep 30, 2026⚡️O‘qituvchilar uchun yangi imtiyozlar e’lon qilindi Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘qituvc…
  6. Sep 30, 2026🎗Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etiladi 📢 Davlatimiz rahbarining “Yangi…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →