Davlatimiz rahbari ayollar bandligini ta’minlash oilalar daromadini oshirish va farzandlar ta’limi uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratishini ta’kidladi.
"Ayollar ishli bo‘lsa, oilaga qo‘shimcha daromad kiradi, bolalarning bilim olishiga ko‘proq sharoit yaratiladi", - dedi Prezidentimiz.
🔴Shu bois, kelasi yil 1-yanvardan 2–3 yoshli farzandini oilaviy bog‘chaga bergan ishlayotgan onalarning badal puli budjet hisobidan qoplab beriladi.
🔴Shuningdek, bog‘cha tarbiyachilariga ishlab turib oliy ma’lumot olish imkoniyati yaratildi. Joriy yilda 7 ming nafar tarbiyachi oliygohlarga o‘qishga kirdi — ular haftada besh kun ishlab, bir kun tahsil olmoqda.
🔴Kelasi o‘quv yilidan pedagogika oliygohlarida tarbiyachilar uchun o‘qish muddati 4 yildan 3 yilga qisqartiriladi. Mazkur imkoniyatdan bog‘chada kamida 5 yil ishlagan tarbiyachi yordamchilari ham foydalanishi mumkin.
https://t.me/Rasmiy_axborot_official
