TGViewer
Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги @mintrans_uz · 11.4K subscribers
Post #30121 842

Forwarded from Rasmiy axborot

👍 Prezident: “Biz senga ishonamiz!”

Prezident Shavkat Mirziyoyev Javohir Sindorovning Nomzodlar turniridagi tarixiy g‘alabasini yodga olib, uning Olimpiadada ham sovuqqonlik va barqarorlik bilan o‘ynagani, kuchli raqiblardan ortga chekinmaganini ta’kidladi.
“Endi oldingda yana bir ulkan marra — jahon toji uchun bellashuv turibdi. Bugun ortingda nafaqat jamoadoshlaring va ustozlaring, balki qirq millionga yaqin O‘zbekiston xalqi turibdi. Biz senga ishonamiz!”

Shuningdek, Olimpiadada ilk bor qatnashgan Muhiddin Madaminov hal qiluvchi bahsda ukrainalik Roman Dehtiarovni mag‘lub etib, jamoamizga oltin medal uchun zarur ochkoni olib kelgani qayd etildi.
Shamsiddin Vohidov esa amaldagi jahon chempioni Gukeshga qarshi qora donalarda munosib kurash olib, jamoaviy natijaga hissa qo‘shdi.
“Bu oltin medalda jamoaning har bir a’zosining mashaqqatli mehnati va ulkan hissasi bor”, — dedi Prezidentimiz.

Davlatimiz rahbari shaxmatchilarimiz haqida kitoblar yozilishi, filmlar yaratilishi va ularning o‘yin uslubi darsliklarga kirishiga ishonch bildirdi.

https://t.me/Rasmiy_axborot_official
More from @mintrans_uz
  1. Oct 1, 20261 OKTABR — USTOZ VA MURABBIYLAR KUNI MUBORAK! Ustoz — inson qalbiga ilm va ma’rifat nurini…
  2. Oct 1, 2026Post #30169
  3. Sep 30, 2026Post #30168
  4. Sep 30, 2026Xalqaro ekspertlar va investorlarga O‘zbekistonda transport-logistika markazlarini rivojla…
  5. Sep 30, 2026Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik — Поздравление учителям и наставникам Узбе…
  6. Sep 30, 2026Central Asia Air Cargo Summit #3 Toshkentda "Central Asia Air Cargo III" xalqaro aviatsiya…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →