TGViewer
Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги @mintrans_uz · 11.4K subscribers
Post #30161 1.14K
Xalqaro ekspertlar va investorlarga O‘zbekistonda transport-logistika markazlarini rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi rejalar taqdim etildi
 
Avval xabar qilganimizdek, bugun 30-sentabr kuni Transkaspiy transport yo‘lagini (TTY) Muvofiqlashtirish platformasi doirasida Transkaspiy transport yo‘lagi bo‘yicha O‘zbekistondagi 2-Milliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
 
Konferensiyaning “O‘zbekistonda samarali logistika tarmog‘ini barpo etish sari” mavzusidagi maxsus sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish muammolarini o‘rganish markazi direktori Bekzod Xolmatov “O‘zbekistonda logistika tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha hukumat qarashlari” mavzusida taqdimot bilan ishtirok etdi.
 
Taqdimot davomida mamlakatda logistika sohasini rivojlantirishga qaratilgan davlat siyosati, transport-logistika markazlari va quruqlik portlari tarmog‘ini kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda 2030-yilgacha mo‘ljallangan strategik yo‘nalishlar va sohada davlat tomonidan berilayotgan imtiyozlar haqida ma’lumot berildi.
 
Batafsil
 
Международным экспертам и инвесторам были представлены проведённые в Узбекистане работы по развитию транспортно-логистических центров и планы на перспективу
 
Как мы сообщали ранее, 30 сентября текущего года в Узбекистане в рамках Координационной платформы Транскаспийского транспортного коридора состоялась 2-я Национальная конференция Транскаспийского транспортного коридора.
 
В специальной сессии конференции на тему «На пути к созданию эффективной логистической сети в Узбекистане» директор Центра изучения проблем развития транспорта и логистики при Министерстве транспорта Республики Узбекистан Бекзод Холматов выступил с презентацией на тему «Видение правительства по развитию логистической сети в Узбекистане».
 
В ходе презентации была представлена информация о государственной политике, направленной на развитие логистической отрасли в стране, проводимой работе по расширению сети транспортно-логистических центров и сухих портов, стратегических направлениях, рассчитанных до 2030 года, а также предоставляемых государством льготах в данной сфере.
 
Подробнее
 
 
✈️Тelegram |📎Facebook |👚Instagram |🎞YouTubе |🌐Linkedin |
More from @mintrans_uz
  1. Oct 1, 20261 OKTABR — USTOZ VA MURABBIYLAR KUNI MUBORAK! Ustoz — inson qalbiga ilm va ma’rifat nurini…
  2. Oct 1, 2026Post #30169
  3. Sep 30, 2026Post #30168
  4. Sep 30, 2026Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik — Поздравление учителям и наставникам Узбе…
  5. Sep 30, 2026Central Asia Air Cargo Summit #3 Toshkentda "Central Asia Air Cargo III" xalqaro aviatsiya…
  6. Sep 30, 2026Post #30158
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →