Prezident Shavkat Mirziyoyev shaxmatchilarimizning 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasidagi hal qiluvchi uchrashuvlarini katta qiziqish bilan kuzatganini ta’kidladi.
Davlatimiz rahbari Hindiston terma jamoasiga qarshi bahsda Nodirbek Yoqubboyevning Nihal Sarin ustidan qozongan g‘alabasi jamoaga hal qiluvchi ustunlik berganini qayd etdi.
“Lekin sen oxirigacha mardona kurashding. Nihoyatda topqirlik bilan qo‘llagan taktik yurishlaring vaziyatni butunlay o‘zgartirdi va jamoamizga hal qiluvchi g‘alabani olib keldi”, — dedi Prezident.
Shundan so‘ng O‘zbekiston yakka peshqadamga aylandi. Keyingi turda shaxmatchilarimiz Xitoy jamoasini 3:1 hisobida mag‘lub etdi.
Prezident, shuningdek, Nodirbek Abdusattorov musobaqani mag‘lubiyatsiz yakunlab, birinchi taxtada oltin medalni qo‘lga kiritganini alohida e’tirof etdi.
“Buning o‘zi alohida katta natija!”, — dedi davlatimiz rahbari.
https://t.me/Rasmiy_axborot_official
