1️⃣ Ochiqlik tanlovi
“Bugun insoniyat oson davrda yashayotgani yo‘q. Dunyoda urushlar davom etmoqda. Geosiyosiy ziddiyat keskinlashmoqda. Ishonch muhiti susaymoqda. Tengsizlik kuchaymoqda. Bunday paytda har bir davlat oldida tanlov turadi. O‘zbekiston o‘z yetakchisi – Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida o‘z tanlovini qilgan. Bu – ochiqlik tanlovi”.
2️⃣ Ochiqlik — zaiflik emas
Ochiqlik — zaiflik emas. Aksincha, tinchlik uchun harakat qilish — kelajak oldida mas’uliyatni zimmasiga olishdir. Biz insoniyat tomondamiz. Bilim olish, kasb egallash va o‘z kelajagini o‘zi belgilashni istagan yoshlar tomondamiz”.
3️⃣ Davlat qudrati inson qadri bilan o‘lchanadi
“Davlatning haqiqiy qudrati faqat uning iqtisodiy yoki harbiy salohiyati bilan o‘lchanmaydi. Davlatning qudrati, avvalo, inson qadrini, uning huquq va manfaatlarini qanchalik himoya qila olishi bilan belgilanadi. Shuning uchun tinchlik, taraqqiyot va inson qadrini biz uch alohida maqsad emas, bir butun vazifa, deb bilamiz”.
4️⃣ BMTning o‘rni har qachongidan muhim
“Bugun eng qudratli davlatlar ham global muammolarni yolg‘iz hal qila olmaydi. Tahdidlarning hech biri davlatlar chegarasida to‘xtab qolmaydi. Shu sababli Birlashgan Millatlar Tashkilotining o‘rni bugun har qachongidan ham muhim. Bizga faqat qaror qabul qiladigan emas, qarorlarni amalga oshirishga qodir BMT kerak. Bizga har bir davlatning ovozi eshitiladigan BMT kerak”.
5️⃣ “BMT — 80” tashabbusi
“O‘zbekiston BMT Bosh kotibining tashkilotni zamon talablariga moslashtirishga qaratilgan “BMT — 80” tashabbusi doirasidagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Biz BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibini zamonaviy reallikdan kelib chiqib kengaytirish tarafdorimiz. Kelgusi yilda biz Qo‘shilmaslik harakatiga raislikni qabul qilamiz. Bu mas’uliyatni muloqot uchun yangi maydon yaratish imkoniyati, deb bilamiz”.
6️⃣ Xalqaro huquq — umumiy qoida
“O‘zbekiston 2035–2036-yillar uchun BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy bo‘lmagan a’zoligiga o‘z nomzodini ilgari surgan. Biz sizlarning qo‘llab-quvvatlashingizga umid qilamiz. Biz uchun xalqaro huquq — manfaatga qarab o‘zgaradigan vosita emas. U — barcha davlatlar uchun umumiy qoida. Qoida umumiy bo‘lmasa, adolat ham umumiy bo‘lmaydi”.
7️⃣ Markaziy Osiyodagi o‘zgarishlar
“Yaqin-yaqingacha Markaziy Osiyo hal etilmagan chegaralar va ziddiyatlar fonida tilga olinardi. O‘zbekiston Prezidentining tashabbusi va Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining siyosiy irodasi tufayli mintaqadagi vaziyat tamomila o‘zgardi. Biz bir-birimizga raqib emas, sherik sifatida qaray boshladik”.
9️⃣ Afg‘onistonga yondashuv
“Afg‘onistonga faqat xavf manbai sifatida qarash muammoni hal qilmaydi. Ko‘p millatli afg‘on xalqini muammolari bilan yolg‘iz qoldirish ham yechim emas. Ularga tinch hayotga erishish uchun umid, ishonch berilishi kerak”.
9️⃣ Islohotlar markazida inson
“O‘zbekiston rahbari tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlarning markazida “insonlar hayoti yaxshilanayaptimi?” degan mezon turibdi. Biz natijani ana shu mezon bilan o‘lchaymiz.
1️⃣0️⃣ Iqtisodiy o‘sish
So‘nggi o‘n yilda aholimizning xarid qobiliyati ikki barobar oshdi”. “Iqtisodiyotimiz hajmi 50 milliard dollardan 147 milliard dollarga yetdi. 150 milliard dollardan ortiq xorijiy investitsiya jalb qilindi. Eksport qariyb uch barobar o‘sdi. Kambag‘allik darajasi 4 foizga tushib, qariyb 10 million nafar odam kambag‘allikdan chiqarildi”.
https://t.me/Rasmiy_axborot_official