TGViewer
Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги @mintrans_uz · 11.4K subscribers
Post #30044 736
Transport vaziri Pekinda bo‘lib o‘tgan Barqaror transport bo‘yicha global forumda ishtirok etdi
 
O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri Ilhom Maxkamov Pekinda bo‘lib o‘tgan Barqaror transport bo‘yicha global forumda ishtirok etdi.
 
Tadbir hukumatlar, transport idoralari, xalqaro tashkilotlar, ekspertlar va ishbilarmon doiralarning yuqori martabali vakillarini xalqaro transport bog‘liqligini rivojlantirish, logistika zanjirlarining barqarorligi ta’minlash, sohani raqamlashtirish va yangi texnologiyalarni joriy etish masalalarini muhokama qilish uchun birlashtirdi.
 
Forumdagi nutqi davomida Transport vaziri Ilhom Maxkamov barqaror transportni rivojlantirish, xalqaro transport bog‘liqligini mustahkamlash va zamonaviy logistika tizimlarini shakllantirish borasida O‘zbekistonning ustuvor maqsadlari yuzasidan fikr bildirdi.
 
Vazir bugungi kunda global ta’minot zanjirlarining chuqur o‘zgarishi sharoitida transport nafaqat yordamchi soha, balki jahon iqtisodiyotining mustaqil, strategik ahamiyatga ega sektori maqomiga aylanib borayotganini ta’kidladi.
 
Shu nuqtayi nazardan, O‘zbekiston Xitoy tomonidan ilgari surilgan global tashabbuslarni to‘liq qo‘llab-quvvatlashini va barqaror transportni rivojlantirish mazkur tashabbuslari amaliy jihatdan ro‘yobga chiqarishning muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida ko‘rishini qayd etdi.
 
Batafsil

Министр транспорта принял участие в Глобальном форуме по устойчивому транспорту в Пекине

Министр транспорта Республики Узбекистан Илхом Махкамов принял участие в Глобальном форуме по устойчивому транспорту в Пекине.

Мероприятие собрало высокопоставленных представителей правительств, транспортных ведомств, международных организаций, экспертов и деловых кругов для обсуждения вопросов развития международной транспортной взаимосвязанности, обеспечения устойчивости логистических цепочек, цифровизации отрасли и внедрения новых технологий.

В ходе своего выступления на форуме министр транспорта Илхом Махкамов озвучил приоритетные цели Узбекистана по развитию устойчивого транспорта, укреплению международной транспортной взаимосвязанности и формированию современных логистических систем.

Министр отметил, что сегодня в условиях глубокой трансформации глобальных цепочек поставок транспорт становится не только вспомогательной отраслью, но и самостоятельным, стратегически важным сектором мировой экономики.

В данном контексте он отметил, что Узбекистан полностью поддерживает глобальные инициативы, выдвинутые Китаем, и рассматривает развитие устойчивого транспорта в качестве одного из важных направлений их практической реализации.


Подробнее
 
 
✈️Тelegram |  📎Facebook | 👚Instagram |  🎞YouTubе |  🌐Linkedin |
More from @mintrans_uz
  1. Sep 24, 20261️⃣1️⃣ Ta’lim va sog‘liqni saqlash “Maktabgacha ta’lim qamrovi 27 foizdan 78 foizga oshdi.…
  2. Sep 24, 2026📌Saida Mirziyoyevaning BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasidagi nutqidan muhim iqtibosl…
  3. Sep 24, 2026To‘lov madaniyatini oshirishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom etmoqda O‘zbekiston Res…
  4. Sep 24, 2026Shahar atrofi avtobus yo‘nalishlari faoliyatini rivojlantirishning dolzarb masalalari tadb…
  5. Sep 24, 2026Kecha va bugun | Toshkent avtovokzali “Toshkent” avtovokzali poytaxtni mamlakatimizning ba…
  6. Sep 24, 2026Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiri…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →