🏗 Andijon shaharining asosiy ko‘chalari kesishmalarida yana 3 ta yirik yo‘l o‘tkazgich quriladi
Prezidentimiz yig‘ilishda Andijonda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, xususan, Bobur shahrini rivojlantirish va zamonaviy infratuzilma yaratish masalalariga ham alohida to‘xtaldi.
Xususan, aholi uchun munosib yashash sharoitini yaratishda Bobur shahri muhim ahamiyat kasb etayotgani ta’kidlandi.
4 ming gektar hududda barpo etilayotgan shaharda 25 ming aholi yangi uylarga ko‘chib o‘tdi. Yana 200 ming kishiga mo‘ljallangan 800 ta ko‘p qavatli uy-joy qurilishi boshlandi.
Shuningdek, Andijon shahridagi Bobur shoh ko‘chasida yangi ko‘prik foydalanishga topshirildi.
Kelgusi yil Milliy tiklanish va Navoiy, O‘zbekiston va Bobur, Amir Temur va “Yangi aylanma yo‘li” ko‘chalari kesishmalarida yana uchta yirik yo‘lo‘tkazgich quriladi. Asaka tumanining markazini aylanib o‘tuvchi ko‘prik ham ishga tushiriladi.
✈️Тelegram | 📎Facebook | 👚Instagram | 🎞YouTubе | 🌐Linkedin |
Post #30024
853
