BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasida 130 ga yaqin davlat delegatsiyalari qatorida O‘zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etdi. Sessiya doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva nutq so‘zladi.
Nutqda bugungi dunyoda ziddiyatlar tobora kuchayib, o‘zaro ishonch susayib borayotgan bir sharoitda O‘zbekistonning aniq pozitsiyasi bayon etildi:
“Tanlagan yo‘limiz aniq — ochiqlik, yaxshi qo‘shnichilik va muloqot. Biz tinchlik, hamkorlik hamda inson qadr-qimmatini e’zozlash tarafdorimiz.”
Nutqda, shuningdek, Markaziy Osiyodagi tub o‘zgarishlar, O‘zbekistonning taraqqiyot yo‘li va aholining turmush darajasi yaxshilanayotgani, BMTning bugungi dunyodagi o‘rni, Afg‘oniston masalasi, bolalar huquqlari va demografik barqarorlik, Orol fojiasi va ekologik muammolar, sun’iy intellekt taraqqiyoti, qonun ustuvorligi va ayollar huquqlari, Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazi hamda inson qadrini ulug‘lash kabi dolzarb masalalarga to‘xtalib o‘tildi.
“Bugun hech bir davlat global muammolarni yolg‘iz o‘zi hal eta olmaydi. O‘zbekiston ishonch va o‘zaro hurmatga asoslangan kelajakni barpo etish yo‘lida munosib hissasini qo‘shishga doimo tayyor.”
https://t.me/Rasmiy_axborot_official





