Andijonning transport va logistika salohiyati kengaytiriladi
Yig‘ilishda Andijonning transport va logistika imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha yirik loyihalar belgilandi.
“Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temir yo‘li hisobiga yuk tashish hajmini 10 karra oshirib, yiliga 15 million tonnaga yetkazish imkoni paydo bo‘ladi.
Shu munosabat bilan yil yakunigacha Qo‘rg‘ontepa va Xonoboddagi 300 gektar maydonda 600 million dollarlik logistika kompleksi loyihasini boshlash topshirildi.
Qirg‘iziston bilan “Do‘stlik” postiga nisbatan ikki barobar katta “Keskanyor” chegara postini ochish bo‘yicha kelishuvga erishilgani qayd etildi. Uch oyda uning loyihasini ishlab chiqib, qurilishni boshlash vazifasi qo‘yildi. Bu yuk tashish hajmini 2-3 karra oshirish va muddatini bir haftaga qisqartirishga xizmat qiladi.
Yangi transport oqimiga mos ravishda 78 kilometrli “Xonobod – Andijon” pulli avtomobil yo‘lini loyihalashga kirishiladi.
Shu oydan “Toshkent – Andijon” tezyurar poyezdi yo‘lga qo‘yilib, safar vaqti 6 soatdan 4 soatga qisqardi. Kelgusi yil “Toshkent – Andijon” pulli avtomobil yo‘lini qurish bo‘yicha amaliy ishlar boshlanadi.
✈️Тelegram | 📎Facebook | 🟣Instagram | 🎞YouTubе | 🌐Linkedin |
Post #30023
880
