TGViewer
Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги @mintrans_uz · 11.4K subscribers
Post #29867 1.39K

Forwarded from Rasmiy axborot

🔷 Saida Mirziyoyeva BMT qarorgohida Antoniu Guterrish bilan muloqot o‘tkazdi

Bugun Prezident Administratsiyasi rahbari Nyu-York shahrida BMT Bosh kotibi bilan uchrashdi. Unda o‘zaro aloqalarni rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Xalqaro munosabatlar tizimi uchun murakkab bo‘lgan hozirgi davrda global miqyosda yetakchilik salohiyatini namoyon etayotgani hamda xavfsizlikning barcha asosiy jabhalarida mamlakatimizni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun janob Guterrishga samimiy minnatdorlik bildiraman,- dedi S.Mirziyoyeva.

Mamlakatimiz va BMT institutlari o‘rtasidagi munosabatlar bugun aniq ko‘rsatkichlar bilan mustahkamlanib bormoqda. Hozirgi vaqtda tashkilot tuzilmalari ishtirokida yurtimizda umumiy qiymati 293 million dollarlik 166 ta qo‘shma loyiha amalga oshirilmoqda. Ushbu dasturlar sog‘liqni saqlash, sifatli ta’lim, kambag‘allikni qisqartirish va ekologik barqarorlikni ta’minlash kabi eng muhim yo‘nalishlarni qamrab olgan.

Prezident Administratsiyasi rahbarining Antoniu Guterrish bilan muloqoti O‘zbekistonning BMT maydonida dunyo miqyosidagi dolzarb chaqiriqlarga yangicha g‘oyalar bilan javob berish, global muammolarga amaliy yechim topish bo‘yicha qat’iy intilishini namoyon etadi.

https://t.me/Rasmiy_axborot_official
More from @mintrans_uz
  1. Sep 22, 2026🌍🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Haydovchilar savollariga bevosita javob oldi Ochiq muloqot davomida 100 naf…
  2. Sep 22, 2026Avtobus haydovchilarining mehnatiga haq to‘lash va rag‘batlantirish tizimi yuzasidan ochiq…
  3. Sep 22, 2026Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги pinned a photo
  4. Sep 22, 2026O‘zbekiston vaqti bilan | Usmonjon Muxtorjonov — Transport vazirligi huzuridagi transport…
  5. Sep 22, 2026❗️Ish joyida tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi yangi tizim: murojaat endi nazorat ostida bo‘l…
  6. Sep 22, 2026O'zbekiston va Xitoy aeronavigatsiya provayderlari hamkorlik memorandumini imzoladi Pekin…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →