🌍🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Haydovchilar savollariga bevosita javob oldi
Ochiq muloqot davomida 100 nafardan ortiq avtobus haydovchilari o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan mutasaddilarga bevosita savollar bilan murojaat qildi.
Haydovchilar tomonidan ish haqi hisob-kitobi, rag‘batlantirish tizimi, mehnat faoliyatini baholash, ish sharoitlari va boshqa masalalar yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.
Har bir murojaat bo‘yicha tegishli mutasaddilar tomonidan tushuntirishlar berilib, haydovchilarni qiziqtirgan savollarga ochiq javob qaytarildi. Ijtimoiy tarmoqlardagi murojaatlar ham muhokama qilindi.
Shuningdek, so‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan ayrim avtobus haydovchilarining e’tirozlari aks etgan videolavhalar yuzasidan ham batafsil izoh berildi.
Mazkur holatlar bo‘yicha mavjud vaziyat, ish haqi hisob-kitoblari va amaldagi mehnat hamda rag‘batlantirish tartiblari yuzasidan OAV vakillari va jamoatchilikka tushuntirishlar taqdim etildi.
OAV va blogerlar bilan ochiq muloqot
Matbuot anjumanida 15 dan ortiq OAV vakillari va blogerlar ham faol ishtirok etib, mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarni yo‘lladi.
Jurnalistlar tomonidan haydovchilarning ish haqi, rag‘batlantirish tizimi, mehnat sharoitlari, xizmat sifati va sohada mavjud muammolar yuzasidan savollar berildi. Mutasaddilar tomonidan berilgan savollarga batafsil javoblar taqdim etildi.
Tadbirning muhim jihati shundaki, unda masala faqat mutasaddilar va OAV vakillari o‘rtasida emas, balki bevosita avtobus haydovchilari ishtirokida muhokama qilindi.
Bu esa haydovchilarning o‘zlarini qiziqtirgan masalalarni bevosita ko‘tarish, savollariga javob olish hamda mavjud muammolar yuzasidan ochiq fikr almashish imkonini berdi.
✈️Тelegram | 📎Facebook | 👚Instagram | 🎞YouTubе | 🌐Linkedin |
Post #29888
1.32K