TGViewer
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi @miit_uz · 6.57K subscribers
Post #20286 1.63K
🇺🇿🇯🇵 13-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Sumitomo Corporation kompaniyasi prezidenti va bosh direktori Shingo Ueno hamda Shikoku Electric Power kompaniyasi prezidenti Yoshihiro Miyamoto bilan uchrashuv o‘tkazdi.

⚫️Sumitomo Corporation – metallurgiya, tabiiy resurslar, energetika, infratuzilma, transport, avtomobilsozlik, shuningdek, media va raqamli texnologiyalar sohalariga ixtisoslashgan ko‘p tarmoqli kompaniya. Kompaniyaning 63 ta mamlakat va hududda 125 ta ofisi mavjud.
⚫️Shikoku Electric Power – telekommunikatsiya xizmatlari, IT-yechimlar, muhandislik va qurilish sohalarida ham faoliyat yurituvchi yirik energetika kompaniyalaridan biri. Kompaniya dunyoning 10 dan ortiq mamlakatida loyihalarni amalga oshiradi.

🟠Tomonlar Samarqand viloyatida quyosh elektr stansiyalari va energiya saqlash tizimlarini, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qo‘ng‘irot tumanida shamol elektr stansiyalari va energiya saqlash tizimlarini qurish loyihalarining amalga oshirilish jarayonini ko‘rib chiqdilar.

🟠Elektr uzatish liniyalari uchun po‘lat troslar ishlab chiqarish, tez tibbiy yordam avtomobillarini yetkazib berish, elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish hamda erkin iqtisodiy zonalarni boshqarishda Yaponiya tajribasini joriy etish istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi.
____
🇺🇿🇯🇵 13 октября министр инвестиций, промышленности и торговли Республики Узбекистан Лазиз Кудратов провёл встречу с президентом и генеральным директором Sumitomo Corporation Синго Уэно и президентом Shikoku Electric Power Ёсихиро Миямото.

⚫️ Sumitomo Corporation – многопрофильная компания, специализирующаяся на металлургии, природных ресурсах, энергетике, инфраструктуре, транспорте, автомобилестроении, а также медиа и цифровых технологиях. Компания располагает 125 офисами в 63 странах и регионах
⚫️Shikoku Electric Power – одна из крупных энергетических компаний, осуществляющая деятельность также в сферах телекоммуникационных услуг, IT-решений, инжиниринга и строительства. Компания реализует проекты более чем в 10 странах мира.

🟠Стороны рассмотрели ход реализации проектов строительства солнечных электростанций и систем накопления энергии в Самаркандской области, а также ветровых электростанций и накопителей энергии в Кунградском районе Каракалпакстана.

🟠Отдельное внимание уделено перспективам производства стальных тросов для линий электропередачи, поставок автомобилей скорой помощи, модернизации электрических сетей и внедрения японского опыта управления свободными экономическими зонами.
____
🇺🇿🇯🇵 On October 13, Laziz Kudratov, Minister of Investments, Industry and Trade of the Republic of Uzbekistan, held a meeting with Shingo Ueno, President and CEO of Sumitomo Corporation, and Yoshihiro Miyamoto, President of Shikoku Electric Power.

⚫️Sumitomo Corporation is a diversified company specializing in metallurgy, natural resources, energy, infrastructure, transportation, automotive, as well as media and digital technologies. The company has 125 offices across 63 countries and regions.
⚫️Shikoku Electric Power is one of the major energy companies, also operating in telecommunications services, IT solutions, engineering, and construction. The company implements projects in more than 10 countries worldwide.

🟠The parties reviewed the progress of projects to construct solar power plants and energy storage systems in Samarkand Region, as well as wind power plants and energy storage facilities in the Kungrad District of Karakalpakstan.

🟠Particular attention was paid to the prospects for producing steel cables for power transmission lines, supplying ambulances, modernizing electricity networks, and introducing Japanese experience in managing free economic zones.

◽️Facebook ◽️Instagram ◽️LinkedIn ◽️X
  • 👍 6
  • ❤ 1
More from @miit_uz
  1. Oct 15, 2026XALQARO HAMKORLIK BO‘YICHA TAKLIFLAR QABUL QILINADI 🟠“O‘zeltexsanoat” uyushmasi O‘zbekist…
  2. Oct 13, 2026🇺🇿🇹🇷 Anqarada Savdo bo‘yicha O‘zbekiston – Turkiya ishchi guruhining ikkinchi yig‘ilis…
  3. Oct 13, 2026🇺🇿🇬🇪 12-oktabr kuni Gruziya Bosh vaziri Irakliy Kobaxidze O‘zbekiston Respublikasi Inv…
  4. Oct 12, 2026🇺🇿🇬🇪 12-oktabr kuni Tsinandalida O‘zbekiston va Gruziya o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorli…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →