TGViewer
Channel ✦ Verified Channel
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

@miit_uz

MIIT Uzbekistan | Official

Sahifalarimiz:
facebook.com/miit.uz
instagram.com/mift.uz
twitter.com/MIIT_Uz

100029, Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Islom Karimov, 1

Ishonch telefoni: 71-238-50-05
info@miit.uz
Subscribers
6.49K
Photos
16.3K
Videos
703
Links
4.3K
Recent Posts 8 shown
Post #19978 956
🇺🇿🇦🇿22-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Xurram Teshabayev «PASHA Financial Holding» bosh direktori Farid Mamedov bilan uchrashuv o‘tkazdi.

🟠Muzokaralar davomida moliya sohasida, jumladan, bank va sug‘urta yo‘nalishlarida hamkorlikni kengaytirish istiqbollari, shuningdek, investitsiyaviy sheriklikning mumkin bo‘lgan shakllari ko‘rib chiqildi.

🟠 FinTech, raqamli moliyaviy xizmatlar va istiqbolli investitsiya loyihalariga alohida e’tibor qaratildi.

🟠Tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish hamda O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi investitsiyaviy-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.
____
🇺🇿🇦🇿22 сентября заместитель министра инвестиций, промышленности и торговли Республики Узбекистан Хуррам Тешабаев провёл встречу с генеральным директором «PASHA Financial Holding» Фаридом Мамедовым.

🟠В ходе переговоров рассмотрены перспективы расширения сотрудничества в финансовом секторе, включая банковское и страховое направления, а также возможные форматы инвестиционного взаимодействия.

🟠Особое внимание уделено FinTech, цифровым финансовым сервисам и перспективным инвестиционным проектам.

🟠Стороны выразили заинтересованность в дальнейшем развитии взаимовыгодного сотрудничества и укреплении инвестиционно-экономических связей между Узбекистаном и Азербайджаном.
____
🇺🇿🇦🇿On September 22, Deputy Minister of Investment, Industry and Trade of the Republic of Uzbekistan Khurram Teshabayev held a meeting with Farid Mammadov, CEO of PASHA Financial Holding.

🟠The parties discussed prospects for expanding cooperation in the financial sector, including banking and insurance, as well as potential formats of investment cooperation.

🟠Particular attention was paid to FinTech, digital financial services and promising investment projects.

🟠The parties expressed their interest in further developing mutually beneficial cooperation and strengthening investment and economic ties between Uzbekistan and Azerbaijan.

◽️Facebook ◽️Instagram ◽️LinkedIn ◽️X
  • 👍 5
  • 👏 1
Post #19964 1.33K
🇺🇿🇸🇾19-sentabr kuni Toshkent shahrida ikki mamlakat vazirlari va ishbilarmon doiralar vakillari ishtirokida O‘zbekiston-Suriya biznes-forumi bo‘lib o‘tdi. Suriya delegatsiyasi iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarida faoliyat yurituvchi 30 dan ortiq yirik kompaniyalar rahbarlaridan iborat bo‘ldi.

🟠Asosiy e’tibor erishilgan kelishuvlarni amaliy ro‘yobga chiqarishga qaratildi. Qo‘shma loyihalarni tizimli ilgari surish maqsadida Qo‘shma iqtisodiy va savdo qo‘mitasi, Ishbilarmonlar kengashi hamda vazir o‘rinbosarlari rahbarligidagi ishchi guruh tashkil etildi.

🟠2027-yilda O‘zbekiston va Suriyada o‘zaro ko‘rgazmalar o‘tkazish rejalashtirilgan. Halab shahrida O‘zbekiston Savdo uyining tashkil etilishi savdo aloqalarini rivojlantirishning qo‘shimcha mexanizmiga aylanadi.

🟠B2B va B2G uchrashuvlari doirasida tomonlar savdo va investitsiyaviy hamkorlikning aniq yo‘nalishlari, istiqbolli loyihalar hamda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha keyingi qadamlarni muhokama qildilar.

Batafsil
____
🇺🇿🇸🇾19 сентября в Ташкенте состоялся Узбекско-Сирийский бизнес-форум с участием министров двух стран и представителей деловых кругов. Сирийскую делегацию представили руководители более 30 крупных компаний из ключевых отраслей экономики.

🟠Основное внимание было уделено практической реализации достигнутых договорённостей. Для системного продвижения совместных проектов созданы Совместный экономический и торговый комитет, Деловой совет и рабочая группа под руководством заместителей министров.

🟠В 2027 году намечено проведение взаимных выставок в Узбекистане и Сирии. Дополнительным механизмом развития торговых связей станет Торговый дом Узбекистана в Алеппо.

🟠В рамках B2B- и B2G-встреч стороны обсудили конкретные направления торгового и инвестиционного сотрудничества, перспективные проекты и дальнейшие шаги по реализации достигнутых договорённостей.

Подробнее
____
🇺🇿🇸🇾On September 19, Tashkent hosted the Uzbekistan-Syria Business Forum, bringing together ministers of the two countries and representatives of the business community. The Syrian delegation included executives of more than 30 major companies from key sectors of the economy.

🟠The discussions focused on the practical implementation of the agreements reached. To ensure the systematic advancement of joint projects, the parties established a Joint Economic and Trade Committee, a Business Council, and a working group led by deputy ministers.

🟠In 2027, reciprocal exhibitions are planned to be held in Uzbekistan and Syria. The establishment of an Uzbekistan Trade House in Aleppo will provide an additional mechanism for expanding bilateral trade ties.

🟠During B2B and B2G meetings, the parties discussed specific areas of trade and investment cooperation, promising projects, and further steps to implement the agreements reached.

More

️Facebook️Instagram️LinkedIn️X
  • 👍 5
  • 🔥 5
  • 🫡 1
Post #19963 887
Qoraqalpog‘istonning yangi loyihalari

🇺🇿Prezident Shavkat Mirziyoyevning Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi doirasida hududda ishga tushirilgan yangi loyihalar haqida videorolik namoyish etildi.

2026-yil yanvar-sentabr oylarida Qoraqalpog‘istonda
⚫️qiymati 1 mlrd dollar bo‘lgan 256 ta obyekt foydalanishga topshirildi.
⚫️6 752 ta ish o‘rni yaratildi.

🟠Videorolikda eng muhim loyihalar: energetika va raqamli infratuzilma obyektlari, qurilish materiallari ishlab chiqarish, mahalliy xomashyoni qayta ishlash va to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalari, shuningdek mehmonxona xizmati va ta’lim sohasidagi loyihalar aks ettirilgan.
____
Новые проекты Каракалпакстана

🇺🇿 В ходе визита Президента Шавката Мирзиёева в Республику Каракалпакстан был представлен видеоролик о новых проектах, запущенных в регионе.

За январь-сентябрь 2026 года в Каракалпакстане
⚫️введены в эксплуатацию 256 объектов стоимостью - $1 млрд.
⚫️Создано 6 752 рабочих места.

🟠В ролике отражены наиболее значимые из проектов: объекты энергетики и цифровой инфраструктуры, производства строительных материалов, предприятия по переработке местного сырья и выпуску текстильной продукции, а также проекты в сфере гостиничного сервиса и образования.
  • ❤ 3
  • 👏 2
Post #19962 802
Tarmoq rahbarlariga Qoraqalpog‘istonda “xomashyo – tayyor mahsulot – eksport” zanjiri asosida loyihalar, ish o‘rinlari va qo‘shilgan qiymat bo‘yicha aniq rejalar belgilash topshirildi.

Amudaryo, Beruniy, Taxtako‘pir, Kegeyli va To‘rtko‘lda to‘qimachilik hamda charm sanoatida kamida 150 million dollarlik loyihalar amalga oshiriladi.

Nukus shahri, Nukus tumani va Qorao‘zakda elektrotexnika sanoatida 200 million dollarlik, Qorao‘zak, Bo‘zatov va Beruniyda energiya tejamkor qurilish materiallari bo‘yicha 100 million dollarlik loyihalar tashkil etiladi.

Nukus shahrida avtomobil ehtiyot qismlari ishlab chiqarish bo‘yicha 120 million dollarlik, Nukus shahri, Qonliko‘l, Kegeyli, Chimboy va Bo‘zatovda farmatsevtika sohasida 50 million dollarlik loyihalar yo‘lga qo‘yiladi.

Italiyaning “Bonifika Ferrarizi” kompaniyasi bilan Taxtako‘pirda 50 million dollarlik loyiha boshlanmoqda. 2 ming gektarda Italiya texnologiyasi asosida pomidor va g‘alla yetishtirilib, chuqur qayta ishlanadi hamda Yevropaga eksport qilinadi.

15-oktabrgacha har bir tuman bo‘yicha “road show”lar o‘tkaziladi. Viloyat hokimlari o‘z investorlarini jalb qilib, 2-3 ming yuqori daromadli ish o‘rni yaratadigan loyihalarni boshlaydi.

Umuman, kelasi yil Qoraqalpog‘istonga 5 milliard dollar investitsiya jalb qilish vazifasi belgilandi.
  • 👏 3
  • 👍 1
Post #19961 690
Qoraqalpog‘iston hududining atigi 20 foizida geologiya ishlari o‘tkazilgan. Yirik investorlar kelayotgan bir paytda xomashyo zaxiralari bo‘yicha ma’lumotlar yetarli emasligi ko‘rsatib o‘tildi.

Xitoylik investor Qorao‘zakdagi “Urusoy” koniga 33 million dollar sarmoya va texnologiya olib kirib, 200 gektarda 4 tonna oltin zaxirasini aniqlagan. Bu yerda 320 ta ish o‘rni yaratilgan.

Bir oyda investorlar ko‘targan masalalarni hal qilib, 1 ming ish o‘rniga ega oltin qazib olish va qayta ishlash klasterini tashkil etish, kompleks geologiya-qidiruv dasturini ishlab chiqib, konlar zaxiralarini qayta baholash topshirildi.

Qo‘ng‘irotdagi “Borsa kelmas” konidan har yili 1 million tonna texnik tuz qayta ishlanmasdan sotilmoqda. Bo‘zatovdagi “Kuskanatau” konida mirabilitni qayta ishlab, yiliga 45 ming tonna natriy sulfat, astraxanitdan esa magniy sulfat olish mumkin.

Germaniya kompaniyasi Beruniydagi kvarsit koniga 30 million dollar kiritib, kristall kremniy ishlab chiqarish va yiliga 25 million dollarlik eksportni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirgan. Jahon bozorida bir tonna kristall kremniy 5,5 ming dollar turadi.

Kimyo sanoati mutasaddilariga dastlabki 400 million dollarlik rejaga qo‘shimcha 200 million dollarlik loyihalarni amalga oshirish va 5 ming ish o‘rni yaratish vazifasi qo‘yildi.
  • 👏 4
  • ❤ 1
Post #19960 557
Prezidentimiz Qoraqalpog‘istonda yer, qazilma boyliklar, quyosh va shamol energiyasi, katta yaylovlar mavjudligini qayd etdi.

Ana shu imkoniyatlar asosida “resursdan tayyor mahsulotgacha” bo‘lgan zanjirni qamrab oladigan yangi sanoat va investitsiya xaritasi yaratiladi.

“Qo‘ng‘irot – Qorao‘zak – Taxiatosh” yo‘nalishi Qoraqalpog‘istonning “yashil sanoat yo‘lagi” – “intellektual iqtisodiyot uchburchagi”ga aylanadi.

Sun’iy intellekt va data markaz loyihalari uchun tashkil etilgan maxsus zonada 8 milliard dollarlik 6 ta loyiha amalga oshiriladi.

Mutasaddilarga 1-oktabrgacha besh yillik dastur ishlab chiqib, investorlar uchun 1 gigavatt quvvatli barqaror elektr ta’minotini yo‘lga qo‘yish topshirildi.

Uch yilda Nukus shahri, Qo‘ng‘irot, Qorao‘zak va Taxiatoshda 1,5 ming yuqori daromadli ish o‘rni yaratish, bulutli texnologiyalar va sun’iy intellekt sohasida yillik eksportni 600 million dollarga yetkazish vazifasi belgilandi.
  • 👍 2
Post #19959 559
So‘nggi yillarda Qoraqalpog‘istonda 860 megavattli yangi energetika quvvatlari ishga tushirildi. Beruniy va Qorao‘zakda shamol stansiyalarining qurilishi hisobiga “yashil” energiya ulushi 23 foizga yetdi. Elektr ishlab chiqarish 4 karra oshib, 5 milliard 330 million kilovatt-soatni tashkil etdi. Bu aholi va korxonalarning yillik talabidan qariyb 3 barobar ko‘p.

Kecha 7 milliard dollarlik 47 ta yangi loyiha qurilishiga start berildi. Jumladan, Qo‘ng‘irotda 2 milliard 600 million dollarlik, quvvati 1,5 ming megavattli shamol stansiyasini qurish boshlandi. Loyiha doirasida 1,5 ming kilometr yuqori kuchlanishli tarmoq va 500 kilovoltli 3 ta podstansiya barpo etiladi.

2030-yilgacha jami quvvati 3 ming 300 megavattli shamol stansiyalari ishga tushirilib, “yashil” energiya ulushi 76 foizga yetkaziladi, 400 megavattli energiya saqlash quvvati yaratiladi.

Qoraqalpog‘iston “yashil” energiya ishlab chiqarish bo‘yicha mintaqaning eng yirik markazlaridan biriga aylanadi.
  • 👍 2
Post #19958 863
Nukus shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Qoraqalpog‘istonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Davlatimiz rahbari mustaqilligimizning 35 yillik bayrami shukuhi davom etayotgan kunlarda Qoraqalpog‘iston ahli bilan yuzma-yuz ko‘rishib turganidan mamnunligini bildirdi.

So‘nggi yillarda hudud uchun katta mablag‘, imtiyoz va sharoitlar yaratildi. Foyda, yer va mol-mulk soliqlari 2 karra, sanoat uchun elektr tarifi 15 foizga pasaytirildi, ijtimoiy soliq 1 foiz etib belgilandi.

O‘tgan yili Qoraqalpog‘istonga 1 milliard 700 million dollar investitsiya kiritildi. Bu 2021-yildagidan 22 karra ko‘p.

Bu yil Qoraqalpog‘iston iqtisodiyoti eng tez o‘sayotgan hududlardan biriga aylandi. Joriy yilning birinchi yarmida iqtisodiyot 10,2 foiz o‘sib, hudud Toshkent shahridan keyingi ikkinchi o‘rinni egalladi.
  • ❤ 3
Older posts →

About this channel

How can I read @miit_uz without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi have?
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (@miit_uz) has 6.49K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →