TGViewer
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi @miit_uz · 6.49K subscribers
Post #19958 951
Nukus shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Qoraqalpog‘istonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Davlatimiz rahbari mustaqilligimizning 35 yillik bayrami shukuhi davom etayotgan kunlarda Qoraqalpog‘iston ahli bilan yuzma-yuz ko‘rishib turganidan mamnunligini bildirdi.

So‘nggi yillarda hudud uchun katta mablag‘, imtiyoz va sharoitlar yaratildi. Foyda, yer va mol-mulk soliqlari 2 karra, sanoat uchun elektr tarifi 15 foizga pasaytirildi, ijtimoiy soliq 1 foiz etib belgilandi.

O‘tgan yili Qoraqalpog‘istonga 1 milliard 700 million dollar investitsiya kiritildi. Bu 2021-yildagidan 22 karra ko‘p.

Bu yil Qoraqalpog‘iston iqtisodiyoti eng tez o‘sayotgan hududlardan biriga aylandi. Joriy yilning birinchi yarmida iqtisodiyot 10,2 foiz o‘sib, hudud Toshkent shahridan keyingi ikkinchi o‘rinni egalladi.
  • ❤ 3
More from @miit_uz
  1. Sep 25, 2026🇺🇿🇫🇷25-sentabr kuni Toshkentda O‘zbekiston Hukumati va Fransiya taraqqiyot agentligi (…
  2. Sep 25, 2026🇺🇿25-sentabr kuni Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida “Institutsional ishonch v…
  3. Sep 25, 2026🇺🇿🇰🇷 Joriy yilning 24-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va…
  4. Sep 25, 2026🇺🇿22-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rin…
  5. Sep 25, 2026🇺🇿🇿🇦22-sentabr kuni Yoxannesburg shahrida “O‘zbekiston – JAR” birinchi biznes-forumi b…
  6. Sep 25, 2026Andijon viloyatidagi yangi loyihalar 🇺🇿Prezident Shavkat Mirziyoyevning Andijon viloyati…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →