TGViewer
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi @miit_uz · 6.49K subscribers
Post #20041 674
🇺🇿🇰🇷 Joriy yilning 24-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi xodimlari Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi Elchixonasi tomonidan tashkil etilgan Koreya biznes kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etdilar.

🟠Tadbirda diplomatik korpus vakillari, Koreya Respublikasining Savdo va investitsiyalarni rivojlantirish agentligi (KOTRA) rahbariyati, shuningdek, YK Law Firm, BNK Capital, East Telecom, Kyungdong Navien, Shinhan Bank, BoMI E&C, LG Electronics, Korea Gas Corporation, Lotte Chemical, Daejong va Dasan DMC kabi yetakchi koreyalik kompaniyalar vakillari ishtirok etdi.

🟠Yig‘ilishda joriy yil sentabr oyida Koreya Respublikasiga amalga oshirilgan oliy darajadagi tashrifning muhim natijalari qayd etilib, tashrif doirasida erishilgan kelishuvlarni o‘z vaqtida amalga oshirish muhimligi ta’kidlandi.

🟠Vazirlik vakillari O‘zbekistonda loyihalarni amalga oshirayotgan koreyalik kompaniyalar bilan olib borilayotgan ishlar, shuningdek, loyihalarni amalga oshirish mexanizmlari va murojaatlar bilan manzilli ishlash bo‘yicha ma’lumot taqdim etdilar.

🟠Uchrashuv hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha fikr almashish va mavjud masalalarni muvofiqlashtirish imkonini berdi. Yig‘ilish yakunida qabul qilingan qarorlar qo‘shma ishlarni yanada faollashtirishga qaratildi.
____
🇺🇿🇰🇷 24 сентября текущего года сотрудники Министерства инвестиций, промышленности и торговли Республики Узбекистан приняли участие в очередном заседании Корейского бизнес-совета, организованном Посольством Республики Корея в Узбекистане.

🟠В мероприятии также приняли участие представители дипкорпуса, руководство Государственного агентства Республики Корея по содействию торговле и инвестициям (KOTRA), а также ведущих корейских компаний, таких как YK Law Firm, BNK Capital, East Telecom, Kyungdong Navien, Shinhan Bank, BoMI E&C, LG Electronics, Korea Gas Corporation, Lotte Chemical, Daejong и Dasan DMC.

🟠Спикерами были отмечены прорывные итоги состоявшегося в сентябре текущего года визита на высшем уровне в Республику Корея и подчеркнута важность своевременной реализации достигнутых в его рамках договорённостей.

🟠Представители МИПТ презентовали информацию о проводимой работе с корейскими компаниями, реализующими проекты в Узбекистане, а также о механизмах реализации проектов и адресной работе с обращениями.

🟠Встреча стала своеобразной «сверкой часов» по ключевым направлениям взаимодействия. Принятые по её итогам решения нацелены на дальнейшую активизацию совместной работы.
____
🇺🇿🇰🇷 On September 24 this year, employees of the Ministry of Investments, Industry and Trade of the Republic of Uzbekistan participated in the regular meeting of the Korea Business Council, organized by the Embassy of the Republic of Korea in Uzbekistan.

🟠The event was attended by representatives of the diplomatic corps, the leadership of the Korea Trade-Investment Promotion Agency (KOTRA), as well as representatives of leading Korean companies, including YK Law Firm, BNK Capital, East Telecom, Kyungdong Navien, Shinhan Bank, BoMI E&C, LG Electronics, Korea Gas Corporation, Lotte Chemical, Daejong and Dasan DMC.

🟠The meeting highlighted the key outcomes of the high-level visit to the Republic of Korea in September this year, emphasizing the importance of timely implementation of the agreements reached during the visit.

🟠Ministry representatives provided information on ongoing work with Korean companies implementing projects in Uzbekistan, as well as project implementation mechanisms and targeted engagement with inquiries.

🟠The meeting provided an opportunity to exchange views and coordinate on key areas of cooperation. The decisions adopted following the meeting are aimed at further intensifying joint efforts.

◽️Facebook ◽️Instagram ◽️LinkedIn ◽️X
  • 👍 9
  • ❤ 3
  • 👏 1
More from @miit_uz
  1. Sep 25, 2026🇺🇿🇫🇷25-sentabr kuni Toshkentda O‘zbekiston Hukumati va Fransiya taraqqiyot agentligi (…
  2. Sep 25, 2026🇺🇿25-sentabr kuni Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida “Institutsional ishonch v…
  3. Sep 25, 2026🇺🇿22-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rin…
  4. Sep 25, 2026🇺🇿🇿🇦22-sentabr kuni Yoxannesburg shahrida “O‘zbekiston – JAR” birinchi biznes-forumi b…
  5. Sep 25, 2026Andijon viloyatidagi yangi loyihalar 🇺🇿Prezident Shavkat Mirziyoyevning Andijon viloyati…
  6. Sep 24, 2026🇺🇿 BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasida 130 ga yaqin davlat delegatsiyalari qatorida…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →