TGViewer
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi @miit_uz · 6.57K subscribers
Post #20285 1.42K
🇺🇿🇹🇷 Anqarada Savdo bo‘yicha O‘zbekiston – Turkiya ishchi guruhining ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston tomonidan Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi departamenti boshlig‘i I. Abdurahmonov, Turkiya tomonidan esa Turkiya Savdo vazirligi departamenti boshlig‘i H. Dilemre ishtirok etdi.

🟠Tomonlar o‘zaro savdo hajmini 5 mlrd dollarga yetkazish, tarif va notarif to‘siqlarni bartaraf etish, qishloq xo‘jaligi, elektrotexnika mahsulotlari va yengil sanoat tovarlarining bozorlarga kirishini yengillashtirish masalalarini muhokama qildilar.

🟠Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, muvofiqlik sertifikatlarini o‘zaro tan olish va bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Elektrotexnika mahsulotlari savdosi masalalari bo‘yicha texnik ishchi guruh tuzish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

🟠Eksportchilar uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish maqsadida Preferensial savdo to‘g‘risidagi bitimni kengaytirish masalalari yuzasidan maslahatlashuvlar o‘tkazildi.

🟠Yig‘ilish yakunlari bo‘yicha bayonnoma imzolandi. Shuningdek, Anqarada bo‘lib o‘tadigan Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti doirasida preferensial savdo to‘g‘risidagi bitimni kengaytirishga oid hujjatni imzolash masalasini ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
____
🇺🇿🇹🇷 В Анкаре состоялось второе заседание Узбекско-Турецкой рабочей группы по торговле. Узбекскую сторону представил начальник департамента МИПТ И. Абдурахмонов, турецкую — начальник департамента Министерства торговли Турции Х. Дилемре.

🟠Стороны обсудили расширение взаимной торговли с ориентиром на $5 млрд, устранение тарифных и нетарифных барьеров, облегчение доступа на рынки сельскохозяйственной, электротехнической продукции и товаров лёгкой промышленности.

🟠Особое внимание уделено техническому регулированию, стандартизации, взаимному признанию сертификатов соответствия и упрощению таможенных процедур. Согласовано создание технической рабочей группы по вопросам торговли электротехнической продукцией.

🟠Проведены консультации по расширению Соглашения о преференциальной торговле в целях создания дополнительных возможностей для экспортёров.

🟠По итогам подписан Протокол заседания. Также достигнута договорённость проработать вопрос подписания документа о расширении преференциального соглашения в рамках предстоящего саммита Организации тюркских государств в Анкаре.
____
🇺🇿🇹🇷 The second meeting of the Uzbek–Turkish Working Group on Trade was held in Ankara. Uzbekistan was represented by I. Abdurakhmonov, Head of Department at the Ministry of Investments, Industry and Trade, while Türkiye was represented by H. Dilemre, Head of Department at the Ministry of Trade of Türkiye.

🟠The parties discussed expanding bilateral trade with a target of $5 billion, eliminating tariff and non-tariff barriers, and facilitating market access for agricultural products, electrical engineering products, and light industry goods.

🟠Particular attention was paid to technical regulation, standardization, mutual recognition of certificates of conformity, and simplification of customs procedures. An agreement was reached to establish a technical working group on trade in electrical engineering products.

🟠Consultations were held on expanding the Preferential Trade Agreement to create additional opportunities for exporters.

🟠Following the meeting, the Protocol of the meeting was signed. The parties also agreed to work on the signing of a document expanding the Preferential Trade Agreement during the upcoming summit of the Organization of Turkic States in Ankara.

◽️Facebook ◽️Instagram ◽️LinkedIn ◽️X
  • 👍 11
  • ❤ 1
More from @miit_uz
  1. Oct 15, 2026XALQARO HAMKORLIK BO‘YICHA TAKLIFLAR QABUL QILINADI 🟠“O‘zeltexsanoat” uyushmasi O‘zbekist…
  2. Oct 13, 2026🇺🇿🇯🇵 13-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri L…
  3. Oct 13, 2026🇺🇿🇬🇪 12-oktabr kuni Gruziya Bosh vaziri Irakliy Kobaxidze O‘zbekiston Respublikasi Inv…
  4. Oct 12, 2026🇺🇿🇬🇪 12-oktabr kuni Tsinandalida O‘zbekiston va Gruziya o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorli…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →