TGViewer
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi @miit_uz · 6.5K subscribers
Post #20081 577
🇺🇿🇪🇺29-sentabr kuni Toshkent shahrida Global Gateway tashabbusi doirasida investitsiyaviy va moliyaviy-texnik hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston – Yevropa Ittifoqi Ishchi guruhining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unga Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Akram Aliyev hamda DG INTPA direktori Peteris Ustubs hamraislik qildi.

🟠Uchrashuvning asosiy e’tibori Yevropa Ittifoqi tomonidan 2025-yil aprel oyida Samarqandda bo‘lib o‘tgan sammitda Markaziy Osiyo uchun e’lon qilingan 12 mlrd yevrolik Global Gateway investitsiya paketini amaliy amalga oshirishga qaratildi.

🟠Tomonlar energetika, suv xo‘jaligi, transport va raqamli o‘zaro bog‘liqlik, iqlim hamda muhim xomashyo materiallari sohalaridagi qo‘shma loyihalarni ilgari surish masalalarini muhokama qildilar. Yevropa moliya institutlari, taraqqiyot institutlari va xususiy kapitalni jalb etishga alohida e’tibor qaratildi.

🟠Shuningdek, Yevropa Ittifoqining grant va texnik ko‘magini, jumladan, 2028–2034-yillarga mo‘ljallangan moliyaviy dasturlar doirasida kengaytirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

✍️Uchrashuv yakunida Ishchi guruhni investitsiya tashabbuslarini muvofiqlashtirish, qo‘shma loyihalar portfelini shakllantirish va aniq loyihalarni ilgari surish bo‘yicha doimiy platforma sifatida rivojlantirishga tayyorlik tasdiqlandi.
____
🇺🇿🇪🇺29 сентября в Ташкенте состоялась первая встреча Рабочей группы Узбекистан – Европейский союз по инвестиционному и финансово-техническому сотрудничеству в рамках инициативы Global Gateway под сопредседательством заместителя главы МИПТ Акрама Алиева и директора DG INTPA Петериса Устубса.

🟠В центре внимания была практическая реализация инвестиционного пакета Global Gateway объёмом €12 млрд, объявленного Европейским союзом для Центральной Азии на Саммите в Самарканде в апреле 2025 года.

🟠Стороны обсудили продвижение совместных проектов в сферах энергетики, водного хозяйства, транспортной и цифровой взаимосвязанности, климата и критически важных сырьевых материалов. Особое внимание уделено привлечению европейских финансовых институтов, институтов развития и частного капитала.

🟠Также рассмотрены возможности расширения грантового и технического содействия ЕС, в том числе в рамках финансовых программ на 2028–2034 годы.

✍️По итогам встречи подтверждена готовность развивать Рабочую группу в качестве постоянной платформы для координации инвестиционных инициатив, формирования совместного портфеля и продвижения конкретных проектов.
____
🇺🇿🇪🇺On September 29, the first meeting of the Uzbekistan–European Union Working Group on Investment and Financial and Technical Cooperation under the Global Gateway initiative was held in Tashkent, co-chaired by Deputy Minister of Investment, Industry and Trade Akram Aliyev and DG INTPA Director Peteris Ustubs.

🟠The meeting focused on the practical implementation of the €12 billion Global Gateway investment package announced by the European Union for Central Asia at the Samarkand Summit in April 2025.

🟠The parties discussed advancing joint projects in energy, water management, transport and digital connectivity, climate, and critical raw materials. Particular attention was paid to attracting European financial institutions, development institutions, and private capital.

🟠Opportunities to expand EU grant and technical assistance, including under the financial programmes for 2028–2034, were also explored.

✍️Following the meeting, both sides reaffirmed their readiness to develop the Working Group into a permanent platform for coordinating investment initiatives, building a joint project portfolio, and advancing concrete projects.

◽️Facebook ◽️Instagram ◽️LinkedIn ◽️X
  • 👍 6
  • 🔥 1
More from @miit_uz
  1. Sep 29, 2026🇺🇿🇪🇺29-sentabr kuni Toshkent shahrida Global Gateway tashabbusi doirasida investitsiya…
  2. Sep 29, 2026🇺🇿 🏦 O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Qa…
  3. Sep 28, 2026🇺🇿23-sentabr kuni Dushanbe shahrida Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT) sanoat vazirlar…
  4. Sep 28, 2026🇺🇿🇫🇷🇵🇱21–26-sentabr kunlari Fransiya va Polshada O‘zbekistonning oziq-ovqat, to‘qima…
  5. Sep 27, 2026🇺🇿🇨🇳26-sentabr kuni Nukus shahrida O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →