🇺🇿23-sentabr kuni Dushanbe shahrida Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT) sanoat vazirlarining 4-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda tegishli idoralar rahbarlari, IHT Bosh kotibi, MDH va UNIDO vakillari ishtirok etdi. O‘zbekiston delegatsiyasiga Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Xurram Teshabayev vakillik qildi.
🟠20 yil ichida ilk bor o‘tkazilgan mazkur yig‘ilishda sanoat kooperatsiyasi, mintaqaviy ishlab chiqarish zanjirlari, investitsiyalar, texnologiyalar transferi va tarmoqlarni raqamli modernizatsiya qilish masalalari ko‘rib chiqildi.
✍️2025-yilda O‘zbekistonning IHT mamlakatlari bilan savdo aylanmasi 14,3 mlrd dollardan oshdi. 2026-yil yanvar-iyul oylarida ushbu ko‘rsatkich 20,7 foizga o‘sib, 8,9 mlrd dollarga yetdi. Yetti oy davomida investitsiyalar hajmi 4,7 mlrd dollarni tashkil etdi. 2026-yilda IHT mamlakatlari kapitali ishtirokida 1 mingdan ortiq korxona tashkil etilib, ularning umumiy soni 7 mingga yetdi.
🟠O‘zbekiston tomoni ushbu ijobiy dinamika savdo aloqalaridan qo‘shma ishlab chiqarishga o‘tish va investitsiyaviy kooperatsiyani chuqurlashtirish imkonini berishini ta’kidladi. Xususiy kapital, banklar va xalqaro moliya institutlari ishtirokida ECO-Invest dasturini qabul qilishni jadallashtirish taklif etildi.
🟠Yig‘ilish yakunida mintaqaviy sanoat hamkorligini qayta tiklash to‘g‘risidagi Dushanbe deklaratsiyasi qabul qilindi.
Batafsil
____
🇺🇿 23 сентября в Душанбе прошло 4-е Совещание министров промышленности Организации экономического сотрудничества (ОЭС) с участием руководителей профильных ведомств, Генерального секретаря ОЭС, представителей СНГ и ЮНИДО. Узбекистан представил заместитель главы МИПТ Хуррам Тешабаев.
🟠На первой за 20 лет встрече рассмотрены промышленная кооперация, региональные производственные цепочки, инвестиции, трансфер технологий и цифровая модернизация отраслей.
✍️ В 2025 году товарооборот Узбекистана со странами ОЭС превысил $14,3 млрд; за январь-июль 2026 года вырос на 20,7%, до $8,9 млрд. Инвестиции за 7 месяцев составили $4,7 млрд. В 2026 году создано свыше 1 тыс. предприятий с капиталом стран ОЭС, их число достигло 7 тыс.
🟠Узбекская сторона подчеркнула, что такая динамика позволяет перейти от торговли к совместным производствам и углубить инвестиционную кооперацию. Предложено ускорить принятие программы ECO-Invest с участием частного капитала, банков и МФИ.
🟠По итогам принята Душанбинская декларация о возрождении регионального промышленного сотрудничества.
Подробнее
____
🇺🇿On September 23, the 4th Meeting of Industry Ministers of the Economic Cooperation Organization (ECO) was held in Dushanbe, bringing together heads of relevant ministries, the ECO Secretary General, and representatives of the CIS and UNIDO. Uzbekistan was represented by Deputy Minister of Investment, Industry and Trade Khurram Teshabayev.
🟠The first meeting of its kind in 20 years focused on industrial cooperation, regional production chains, investment, technology transfer, and the digital modernization of industries.
✍️In 2025, Uzbekistan’s trade turnover with ECO member states exceeded $14.3 billion. In January-July 2026, it increased by 20.7% to $8.9 billion, while investments over the seven-month period reached $4.7 billion. More than 1,000 enterprises with capital from ECO countries were established in 2026, bringing their total number to 7,000.
🟠The Uzbek side emphasized that this positive momentum provides opportunities to move beyond trade towards joint production and deeper investment cooperation. A proposal was put forward to accelerate the adoption of the ECO-Invest programme with the participation of private capital, banks, and international financial institutions.
🟠The meeting concluded with the adoption of the Dushanbe Declaration on the Revival of Regional Industrial Cooperation.
More
◽️Facebook ◽️Instagram ◽️LinkedIn ◽️X
Post #20066
1.11K






- 👍 12
- ❤ 3
- 🤝 3
- 👏 2