🇺🇿🇩🇪 17-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Akram Aliyev Germaniya Federativ Respublikasining O‘zbekistondagi Elchisi o‘rinbosari Marion Edel bilan uchrashuv o‘tkazdi.
🟠Tomonlar savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va texnologik sohalarda O‘zbekiston–Germaniya hamkorligining bugungi holati hamda uni yanada kengaytirish istiqbollarini muhokama qildilar. Xususan, 2025-yilda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 13,2 foizga oshib, 1,4 milliard AQSH dollariga yetgani, o‘zlashtirilgan Germaniya investitsiyalari hajmi esa 6,4 milliard AQSH dollarini tashkil etgani qayd etildi.
🟠Muzokaralar davomida rivojlanish maqsadlaridagi hamkorlik bo‘yicha navbatdagi O‘zbekiston–Germaniya hukumatlararo muzokaralariga tayyorgarlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🟠Uchrashuv yakunida tomonlar belgilangan ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha amaliy hamkorlikni izchil davom ettirishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.
____
🇺🇿🇩🇪 17 июля заместитель министра инвестиций, промышленности и торговли Республики Узбекистан Акрам Алиев провёл встречу с заместителем Посла Федеративной Республики Германия в Узбекистане Марион Эдель.
🟠Стороны обсудили текущее состояние и перспективы расширения узбекско-германского сотрудничества в торгово-экономической, инвестиционной и технологической сферах. Так, отмечено, что в 2025 году взаимный товарооборот вырос на 13,2% и достиг $1,4 млрд, а объём освоенных германских инвестиций составил $6,4 млрд.
🟠Отдельное внимание в ходе переговоров уделено вопросам подготовки очередных узбекско-германских межправительственных переговоров по сотрудничеству в целях развития.
🟠По итогам встречи стороны подтвердили готовность продолжить практическую работу по обозначенным направлениям.
____
🇺🇿🇩🇪 On July 17, Akram Aliyev, Deputy Minister of Investments, Industry and Trade of the Republic of Uzbekistan, held a meeting with Marion Edel, Deputy Ambassador of the Federal Republic of Germany to Uzbekistan.
🟠The parties discussed the current state and prospects for expanding Uzbekistan–Germany cooperation in the areas of trade, investment, and technology. It was noted that in 2025, bilateral trade increased by 13.2% to reach USD 1.4 billion, while the volume of utilized German investments amounted to USD 6.4 billion.
🟠Particular attention during the talks was devoted to preparations for the next round of Uzbekistan–Germany intergovernmental negotiations on development cooperation.
🟠At the conclusion of the meeting, both sides reaffirmed their readiness to continue practical cooperation in the identified priority areas.
Post #19273
1.53K



- 👍 4
- 🤝 1