TGViewer
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi @miit_uz · 6.55K subscribers
Post #20219 1.33K
🇺🇿🇬🇧9-oktabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston–Buyuk Britaniya qo‘shma iqtisodiy qo‘mitasining ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishga O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov hamda Buyuk Britaniyaning savdo bo‘yicha davlat vaziri Anas Sarvar hamraislik qildi.

🟠Tomonlar savdo, investitsiyalar va sanoat kooperatsiyasi masalalarini muhokama qildi.

✍️ 2026-yilning yanvar–avgust oylarida o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 12,6 foizga oshib, 250 mln AQSH dollariga yaqinlashdi.

🟠Buyuk Britaniyaning rivojlanayotgan mamlakatlar uchun savdo preferensiyalari tizimi - DCTS, sertifikatlashtirish tartib-taomillarini soddalashtirish, texnik to‘siqlarni bartaraf etish va O‘zbekiston mahsulotlarini Buyuk Britaniya savdo tarmoqlariga olib kirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🟠Shuningdek, 46 ta loyihani amalga oshirish, UK Export Finance ishtirokida moliyalashtirish, Toshkent xalqaro moliya markazini rivojlantirish hamda elektrotexnika, kritik minerallar, farmatsevtika va transport mashinasozligi sohalaridagi kooperatsiya masalalari muhokama qilindi.

🟠Yig‘ilish yakunida savdo, investitsiyalar, sanoat, raqamli texnologiyalar, moliya va sog‘liqni saqlash sohalaridagi kelishuvlarni mustahkamlovchi Qo‘mitaning ikkinchi yig‘ilishi bayonnomasi imzolandi.
____
🇺🇿🇬🇧 9 октября в Ташкенте состоялось второе заседание Узбекско-Британского совместного экономического комитета. Сопредседателями выступили министр инвестиций, промышленности и торговли Республики Узбекистан Лазиз Кудратов и государственный министр Великобритании по торговле Анас Сарвар.

🟠Стороны обсудили торговлю, инвестиции и промышленную кооперацию.

✍️ За январь–август 2026 года товарооборот вырос на 12,6% и приблизился к $250 млн.

🟠Особое внимание уделено британской системе торговых преференций DCTS, упрощению сертификации, устранению технических барьеров и продвижению узбекской продукции в торговые сети Великобритании.

🟠Обсуждены реализация 46 проектов, финансирование с участием UK Export Finance, развитие Ташкентского международного финансового центра и кооперация в электротехнике, критических минералах, фармацевтике и транспортном машиностроении.

🟠По итогам подписан Протокол второго заседания Комитета, закрепляющий договорённости в сфере торговли, инвестиций, промышленности, цифровых технологий, финансов и здравоохранения.
____
🇺🇿🇬🇧On 9 October, Tashkent hosted the second meeting of the Uzbekistan–UK Joint Economic Committee. The meeting was co-chaired by Laziz Kudratov, Minister of Investment, Industry and Trade of the Republic of Uzbekistan, and Anas Sarwar, UK Minister of State for Trade.

🟠The parties discussed trade, investment and industrial cooperation.

✍️ In January–August 2026, bilateral trade increased by 12.6%, reaching nearly $250 million.

🟠Particular attention was paid to the UK’s Developing Countries Trading Scheme (DCTS), simplifying certification procedures, removing technical barriers and facilitating access for Uzbek products to UK retail chains.

🟠Discussions also covered the implementation of 46 projects, financing with the support of UK Export Finance, the development of the Tashkent International Financial Centre, and cooperation in electrical engineering, critical minerals, pharmaceuticals and transport equipment manufacturing.

🟠The meeting concluded with the signing of the Protocol of the Second Meeting of the Committee, formalising agreements in trade, investment, industry, digital technologies, finance and healthcare.
  • 👍 4
  • 👏 3
  • ❤ 2
More from @miit_uz
  1. Oct 9, 2026🇺🇿🇬🇪 9-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri La…
  2. Oct 8, 2026🇺🇿🇬🇪 8-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri La…
  3. Oct 8, 2026🇺🇿🇦🇪 Abu-Dabida “Investopia Bridge 2026” forumi doirasidagi biznes dasturida O‘zbekist…
  4. Oct 8, 2026🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Yapon…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →