🇺🇿🇦🇪 Abu-Dabida “Investopia Bridge 2026” forumi doirasidagi biznes dasturida O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Shohrux G‘ulomov BAAning yetakchi kompaniyalari va moliya institutlari rahbarlari bilan qator uchrashuvlar o‘tkazdi.
🟠TAQA Water Solutions kompaniyasi bilan Yangi Toshkent shahrida suv tozalash inshootlarini qurish va ekspluatatsiya qilish loyihasi muhokama qilindi. Loyihani birgalikda ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvning amal qilish muddati uzaytirildi.
🟠First Abu Dhabi Bank bilan gaz transporti loyihalarini moliyalashtirish, bank sektorini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, islomiy va eksport moliyalashtirish vositalaridan foydalanish imkoniyatlari muhokama qilindi.
🟠AD Ports Group bilan logistika jarayonlarini raqamlashtirish, savdo-logistika xabini tashkil etish hamda Transafg‘on transport koridorini rivojlantirishda ishtirok etish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
🟠Modon kompaniyasi bilan O‘zbekistondagi qurilish va shaharsozlik loyihalari muhokama qilindi. Takliflarni batafsil ishlab chiqish maqsadida qo‘shma ishchi guruh tuzildi.
🟠Uchrashuvlar yakunida investitsiyaviy takliflarni ishlab chiqish, moliyaviy va texnik shartlarni kelishish hamda qo‘shma tashabbuslarni amaliy bosqichga olib chiqish bo‘yicha keyingi qadamlar belgilandi.
____
🇺🇿🇦🇪 В рамках деловой программы форума Investopia Bridge 2026 в Абу-Даби заместитель министра инвестиций, промышленности и торговли Республики Узбекистан Шохрух Гуламов провёл серию встреч с руководителями ведущих компаний и финансовых институтов ОАЭ.
🟠С TAQA Water Solutions рассмотрен проект строительства и эксплуатации водоочистных станций в Новом Ташкенте. Продлено действие соглашения о совместной разработке проекта.
🟠С First Abu Dhabi Bank обсуждены возможности финансирования газотранспортных проектов, поддержки банковского сектора, а также применения инструментов исламского и экспортного финансирования.
🟠На переговорах с AD Ports Group рассмотрены цифровизация логистики, создание торгово-логистического хаба и перспективы участия в развитии Трансафганского транспортного коридора.
🟠С Modon обсуждены девелоперские проекты в Узбекистане. Для предметной проработки предложений сформирована совместная рабочая группа.
🟠По итогам встреч определены дальнейшие шаги по подготовке инвестиционных предложений, согласованию финансовых и технических условий и продвижению совместных инициатив к практической реализации.
____
🇺🇿🇦🇪 As part of the business program of the Investopia Bridge 2026 Forum in Abu Dhabi, Deputy Minister of Investments, Industry and Trade of the Republic of Uzbekistan Shohrukh Gulyamov held a series of meetings with the heads of leading UAE companies and financial institutions.
🟠With TAQA Water Solutions, the project to construct and operate water treatment facilities in New Tashkent was discussed. The agreement on the joint development of the project was extended.
🟠With First Abu Dhabi Bank, the parties discussed financing opportunities for gas transportation projects, support for the banking sector, as well as the use of Islamic and export financing instruments.
🟠With AD Ports Group, discussions focused on logistics digitalization, the establishment of a trade and logistics hub, and prospects for participation in the development of the Trans-Afghan Transport Corridor.
🟠With Modon, development projects in Uzbekistan were discussed. A joint working group was established to further develop the proposals.
🟠Following the meetings, next steps were outlined to prepare investment proposals, agree on financial and technical terms, and advance joint initiatives toward practical implementation.
◽️Facebook ◽️Instagram ◽️LinkedIn ◽️X
Post #20215
576

- 👍 2