TGViewer
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi @miit_uz · 6.5K subscribers
Post #16942 2.05K
🇺🇿 9-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi Hamkorlik bo‘yicha quyi qo‘mitaning 8-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

🟠 Tadbirda O‘zbekistonning tegishli vazirlik va idoralari vakillari, shuningdek, YeI delegatsiyasi ishtirok etdi. Delegatsiyaga YeI O‘zbekistondagi Elchisi Toivo Klaar hamda Yevropa Komissiyasining Xalqaro hamkorlik bo‘yicha bosh direktorati (DG INTPA) Markaziy Osiyo va Afg‘oniston bo‘limi rahbari Sharlotta Adrian boshchilik qildi.

🟠 Tomonlar hamkorlikning bugungi holati va uni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildilar. Xususan, investitsiyalar, savdo va sanoatni rivojlantirish, raqamli transformatsiya, energetika, ekologiya, qishloq xo‘jaligi, ta’lim, fuqarolik jamiyati rivoji, gender tengligi hamda mintaqaviy hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi.

🟠 Hamkorlikni kengaytirish, innovatsiyalarni joriy etish va uzoq muddatli strategik sheriklikni mustahkamlash muhimligi qayd etildi. Ishtirokchilar barqaror rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash, davlat xizmatlari sifatini oshirish hamda mintaqaviy integratsiyani ilgari surish bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakatlarning ahamiyatini ta’kidladilar.

🟠 Uchrashuv yakunida tomonlar konstruktiv muloqotni davom ettirish hamda erishilgan kelishuvlarni samarali amalga oshirish orqali o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.
——
🇺🇿 9 февраля в МИПТ состоялось 8-е заседание Подкомитета по сотрудничеству между Узбекистаном и Европейским союзом.

🟠В мероприятии приняли участие представители профильных министерств и ведомств Узбекистана, а также делегация ЕС во главе с Тойво Клааром - Послом ЕС в Узбекистане и Шарлоттой Адриан - руководителем отдела по ЦА и Афганистану Генерального директората по международному партнёрству Европейской комиссии (DG INTPA).

🟠Стороны обсудили текущее состояние взаимодействия и приоритетные направления дальнейшего партнёрства. В центре внимания - инвестиции, торговля и промышленное развитие, цифровая трансформация, энергетика, экология, сельское хозяйство, образование, развитие гражданского общества, гендерное равенство и региональное сотрудничество.

🟠Отмечена важность расширения практического взаимодействия, внедрения инноваций и укрепления долгосрочного стратегического партнёрства. Участники подчеркнули значимость совместной работы по поддержке устойчивого развития, повышению качества государственных услуг и продвижению региональной интеграции.

🟠По итогам встречи подтверждена готовность продолжить конструктивный диалог и обеспечить эффективную реализацию достигнутых договорённостей для расширения взаимовыгодного сотрудничества.
——
🇺🇿 On 9 February, the 8th meeting of the Uzbekistan–European Union Subcommittee on Cooperation was held at the MIIT.

🟠 The meeting was attended by representatives of relevant ministries and agencies of Uzbekistan, as well as a delegation of the EU led by Toivo Klaar, Ambassador of the EU to the Republic of Uzbekistan, and Charlotte Adriaen, Head of the Central Asia and Afghanistan Unit at the Directorate-General for International Partnerships of the European Commission (DG INTPA).

🟠 The parties reviewed the current state of cooperation and identified priority areas for further partnership. Discussions focused on investment, trade and industrial development, digital transformation, energy, environmental protection, agriculture, education, civil society development, gender equality, and regional cooperation.

🟠 The importance of expanding practical cooperation, promoting innovation, and strengthening the long-term strategic partnership was emphasized. Participants underlined the significance of joint efforts aimed at supporting sustainable development, improving the quality of public services, and advancing regional integration.

🟠 At the conclusion of the meeting, the parties reaffirmed their commitment to continuing constructive dialogue and ensuring the effective implementation of the agreements reached in order to further expand mutually beneficial cooperation.
  • 👍 7
  • ❤ 1
More from @miit_uz
  1. Sep 29, 2026🇺🇿🇪🇺29-sentabr kuni Toshkent shahrida Global Gateway tashabbusi doirasida investitsiya…
  2. Sep 29, 2026🇺🇿 🏦 O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Qa…
  3. Sep 28, 2026🇺🇿23-sentabr kuni Dushanbe shahrida Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT) sanoat vazirlar…
  4. Sep 28, 2026🇺🇿🇫🇷🇵🇱21–26-sentabr kunlari Fransiya va Polshada O‘zbekistonning oziq-ovqat, to‘qima…
  5. Sep 27, 2026🇺🇿🇨🇳26-sentabr kuni Nukus shahrida O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →