TGViewer
TSUL_box|Info, Photo, Video, Files TSUL_box|Info, Photo, Video, Files @mediatsul · 4.46K subscribers
Post #1898 1.72K
Adolat va matonat timsoliga ehtirom: TDYU rektori Halima Muhitdinova tavalludining 110 yilligiga bag‘ishlangan tadbirda ishtirok etdi

Namangan shahrida O‘zbekiston sud-huquq tizimi taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan atoqli yurist, davlat va jamoat arbobi Halima Muhitdinova tavalludining 110 yilligiga bag‘ishlangan tantanali xotira tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda Toshkent davlat yuridik universiteti rektori, yuridik fanlar doktori, professor Baxshillo Xodjayev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Sudyalar oliy kengashi, Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud, Sudyalar assotsiatsiyasi, Adliya vazirligi, hududlardan kelgan sud tizimi faxriylari, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari ishtirok etdi.

Xotira tadbirining dastlabki qismi Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi H.K.Muhitdinova nomidagi akademik litseyda bo‘lib o‘tdi.

Halima Muhitdinovaning nomini abadiylashtirish, uning ibratli hayoti va kasbiy faoliyatini yosh avlodga keng tanitish maqsadida ta’lim muassasasida Halima Muhitdinova byusti o‘rnatildi, uning hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan xotira muzeyi tashkil etildi hamda sud-huquq tizimidagi xizmatlari va amalga oshirgan ezgu ishlari haqida ma’lumot berildi.

Tadbir ishtirokchilari byustning tantanali ochilish marosimida qatnashib, uning poyiga gullar qo‘ydi. Shundan so‘ng mehmonlar xotira muzeyida bo‘lib, Halima Muhitdinovaning hayot yo‘li, mehnat faoliyati, shaxsiy buyumlari va tarixiy hujjatlari aks etgan eksponatlar bilan tanishdi.

Tantanali tadbirning keyingi qismi Namangan viloyati musiqali drama teatrida davom etdi. Unda so‘zga chiqqan davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, sud tizimi faxriylari hamda mehmonlar Halima Muhitdinovaning sud-huquq sohasi rivojiga qo‘shgan hissasi, jasorati, fidoyiligi va kasbiga bo‘lgan sadoqati haqida fikr bildirdi.

Tadbir doirasida Halima Muhitdinovaning hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan “Matonat malikasi” kitobi hamda shu nomdagi hujjatli film, teatr kompozitsiyasi va “Adolat quyoshi” qo‘shig‘i taqdimoti o‘tkazildi.

Shuningdek, fidoyi huquqshunos xotirasiga bag‘ishlab yaratilgan “Umr saodati” doston-poemasi va “Mehrning mangu qo‘shig‘i” dramasi haqida ma’lumot berildi. Mazkur ijodiy loyihalarni amalga oshirishga munosib hissa qo‘shgan muallif va ijodkorlarga Namangan viloyati hokimining tashakkurnomalari hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
More from @mediatsul
  1. Sep 22, 2026В ТГЮУ состоится встреча «Ректор и молодежь» для студентов 1-го курса В Ташкентском госуда…
  2. Sep 22, 2026TDYUda 1-bosqich talabalari uchun “Rektor va yoshlar” uchrashuvi tashkil etiladi Toshkent…
  3. Sep 22, 2026В «Aloqabank» открыта практический сектор ТГЮУ В церемонии открытия приняли участие ректор…
  4. Sep 22, 2026“Aloqabank”da TDYU amaliyot sho‘basi ochildi Sho‘baning ochilish marosimida Toshkent davla…
  5. Sep 22, 2026Студенты ТГЮУ получат практический опыт в органах юстиции Для студентов 3-го курса факульт…
  6. Sep 22, 2026TDYU talabalari adliya organlarida tajriba orttiradi Toshkent davlat yuridik universiteti…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →