Toshkent davlat yuridik universitetida rektor va talabalar o‘rtasidagi bevosita muloqotni rivojlantirish, yoshlarning fikr hamda takliflarini tinglash maqsadida 1-bosqich talabalari bilan universitet rektori, yuridik fanlar doktori, professor Baxshillo Xodjayev ishtirokida uchrashuvlar o‘tkaziladi.
Uchrashuvlar 23-sentabrda TDYU Faollar zalida quyidagi jadval asosida tashkil etiladi:
14:30–16:00
Biznes huquqi va sud himoyasi fakulteti 1-bosqich talabalari uchun;
***
16:00–17:30
Huquqni sohalararo o‘rganish fakulteti 1-bosqich talabalari uchun;
***
17:30–18:30
Jinoiy odil sudlov fakulteti 1-bosqich talabalari uchun;
Ochiq muloqot davomida talabalar universitet rektoriga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilish, ta’lim jarayoni va talabalik hayotiga oid fikr-mulohazalarini bildirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Post #1914
1.08K
TDYUda 1-bosqich talabalari uchun “Rektor va yoshlar” uchrashuvi tashkil etiladi