TGViewer
TSUL_box|Info, Photo, Video, Files TSUL_box|Info, Photo, Video, Files @mediatsul · 4.48K subscribers
Post #1910 1.3K
TDYU talabalari adliya organlarida tajriba orttiradi

Toshkent davlat yuridik universiteti Biznes huquqi va sud himoyasi fakultetining 3-bosqich talabalari uchun dual ta’lim doirasidagi amaliy mashg‘ulotlar boshlandi.

Talabalarni amaliy ta’lim joylariga navbatdagi taqsimlash jarayoni Toshkent shahar adliya boshqarmasida tashkil etilib, ular boshqarmaning tegishli tarkibiy bo‘linmalariga biriktirildi.

Taqsimlash jarayonida talabalarga boshqarma faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, tarkibiy bo‘linmalarning vazifa va vakolatlari, ichki tartib-qoidalar va mehnat intizomi, amaliy mashg‘ulotlarni o‘tash tartibi, bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar hamda kasbiy etika va mas’uliyat talablari bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Dual ta’lim jarayonida talabalar universitetda olgan nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlash, huquqiy hujjatlar bilan ishlash, real ish jarayonlarini kuzatish hamda tajribali mutaxassislarning faoliyati bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Shuningdek, amaliy mashg‘ulotlar talabalarda huquqiy vaziyatlarni tahlil qilish, hujjatlar loyihalarini tayyorlash, asoslantirilgan xulosalar ishlab chiqish va xizmat vazifalariga mas’uliyat bilan yondashish kabi muhim kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirishga xizmat qiladi.

TDYU va Toshkent shahar adliya boshqarmasi o‘rtasidagi mazkur hamkorlik ta’lim hamda amaliyot integratsiyasini kuchaytirish, talabalarni kelgusidagi professional faoliyatga tayyorlash va zamonaviy talablarga javob beradigan malakali yuridik kadrlarni yetishtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
More from @mediatsul
  1. Sep 23, 2026В ТГЮУ продолжается прием заявок от кандидатов на выборы в факультетский студенческий коми…
  2. Sep 23, 2026TDYUda fakultet-talabalar qo‘mitasiga saylov uchun nomzodlarni qabul qilish davom etmoqda…
  3. Sep 23, 2026Студенты ТГЮУ приняли участие в XII конференции членов Глобального молодежного парламента…
  4. Sep 23, 2026TDYU talabalari XII Global yosh parlament a’zolari konferensiyasida ishtirok etdi Xabaring…
  5. Sep 23, 2026Сотрудники ТГЮУ провели тренинг по профилактике наркомании В учреждении исполнения наказан…
  6. Sep 23, 2026TDYU xodimlari giyohvandlikning oldini olish bo‘yicha trening o‘tkazdi Zangiota tumanidagi…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →