TGViewer
TSUL_box|Info, Photo, Video, Files TSUL_box|Info, Photo, Video, Files @mediatsul · 4.49K subscribers
Post #1927 1.28K
TDYU talabalari XII Global yosh parlament a’zolari konferensiyasida ishtirok etdi

Xabaringiz bor, Samarqand shahrida XII Global yosh parlament a’zolari konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Nufuzli xalqaro anjumanda Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari ham faol ishtirok etdi.

Konferensiya doirasidagi ko‘rgazmada Toshkent davlat yuridik universiteti va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamkorligida yaratilgan “Huquq maktabi” platformasi xalqaro auditoriyaga taqdim etildi.

Qayd etilganidek, “Huquq maktabi” zamonaviy raqamli texnologiyalar asosida aholining huquqiy savodxonligini oshirish, huquqiy bilimlarni keng ommalashtirish hamda fuqarolar uchun huquqiy ta’lim olishning qulay imkoniyatlarini yaratishga xizmat qiluvchi platformadir.

TDYU talabalarining xalqaro anjumanda ishtiroki va “Huquq maktabi” platformasining xalqaro konferensiyada namoyish etilishi universitetimizda yaratilayotgan innovatsion loyihalarni global maydonda tanitish, raqamli huquqiy ta’limni rivojlantirish va yoshlarning ilg‘or tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.
More from @mediatsul
  1. Sep 23, 2026В ТГЮУ стартовал пятый сезон международной научной программы Central Asian Legal Research…
  2. Sep 23, 2026TDYUda “Central Asian Legal Research Fellowship” xalqaro ilmiy dasturining 5-mavsumi boshl…
  3. Sep 23, 2026Состоится защита диссертации (PhD) Аброра Убайдуллаева 30 сентября в 9:30 на заседании Нау…
  4. Sep 23, 2026Abror Ubaydullayevning doktorlik (PhD) dissertatsiyasi himoyasi bo‘lib o‘tadi Toshkent dav…
  5. Sep 23, 2026В ТГЮУ продолжается прием заявок от кандидатов на выборы в факультетский студенческий коми…
  6. Sep 23, 2026TDYUda fakultet-talabalar qo‘mitasiga saylov uchun nomzodlarni qabul qilish davom etmoqda…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →