TGViewer
TSUL_box|Info, Photo, Video, Files TSUL_box|Info, Photo, Video, Files @mediatsul · 4.46K subscribers
Post #1896 1.69K
TDYU ilmiy xodimlarining maqolalari Nagoya universiteti jurnalida chop etildi

Toshkent davlat yuridik universiteti ilmiy xodimlarining xalqaro xususiy huquq, islomiy moliya va xalqaro investitsiya arbitrajining dolzarb masalalariga bag‘ishlangan maqolalari “Nagoya University Journal of Law and Politics” ilmiy jurnalining 311-sonida chop etildi.

Xususan, TDYU Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti Tadqiqot markazi rahbari, yuridik fanlar doktori Ahadjon Xakimovning “The Significance and Role of Private International Law under Global Legal Pluralism (3): A Case Study of Civil and Commercial Disputes Arising from Islamic Finance” nomli ilmiy maqolasi jurnalda yapon tilida e’lon qilindi.

Maqola A.Xakimovning “The Significance and Role of Private International Law under Global Legal Pluralism” mavzusidagi turkum maqolalarining uchinchi qismi bo‘lib, unda olimning Yaponiyada olib borgan 3,5 yillik ilmiy-tadqiqot faoliyati natijalari aks etgan.

Tadqiqotda islomiy moliya sohasida yuzaga keladigan fuqarolik va tijorat nizolarini xususiy xalqaro huquq asosida tartibga solish, global huquqiy plyuralizm sharoitida turli huquqiy tizimlarning o‘zaro munosabati, mazkur nizolarga nisbatan qo‘llaniladigan huquqni aniqlash hamda islomiy moliya bilan bog‘liq nizolarni hal etishning huquqiy jihatlari tahlil qilingan.

Shuningdek, fakultet Tadqiqot markazi katta ilmiy xodimi, yuridik fanlar doktori Farruh Tuychiyevning “Regulation of Third-Party Funding in Investor-State Arbitration in Uzbekistan and Kazakhstan: One Region, Different Regulatory Regimes” nomli ilmiy maqolasi ham jurnalning mazkur sonida chop etildi.

Ilmiy ishda O‘zbekiston va Qozog‘iston misolida investor hamda davlat o‘rtasidagi xalqaro investitsiya arbitrajida uchinchi taraf tomonidan moliyalashtirish (Third-Party Funding) institutining huquqiy xususiyatlari qiyosiy tahlil qilingan.

Tadqiqotda uchinchi tomon moliyalashtirishining nazariy va huquqiy asoslari, manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq masalalar, arbitraj xarajatlarini moliyalashtirish mexanizmlari, O‘zbekiston va Qozog‘istondagi mavjud huquqiy yondashuvlar, xalqaro investitsiya arbitraji amaliyotidagi zamonaviy tendensiyalar o‘rganilgan.

Muallif bir mintaqada joylashgan ikki davlatdagi turli huquqiy tartibga solish mexanizmlarini qiyoslab, ushbu institutning zamonaviy xalqaro investitsiya arbitrajidagi o‘rni va o‘ziga xos jihatlarini yoritib bergan.

Maqolalar bilan tanishish...
More from @mediatsul
  1. Sep 22, 2026В ТГЮУ состоится встреча «Ректор и молодежь» для студентов 1-го курса В Ташкентском госуда…
  2. Sep 22, 2026TDYUda 1-bosqich talabalari uchun “Rektor va yoshlar” uchrashuvi tashkil etiladi Toshkent…
  3. Sep 22, 2026В «Aloqabank» открыта практический сектор ТГЮУ В церемонии открытия приняли участие ректор…
  4. Sep 22, 2026“Aloqabank”da TDYU amaliyot sho‘basi ochildi Sho‘baning ochilish marosimida Toshkent davla…
  5. Sep 22, 2026Студенты ТГЮУ получат практический опыт в органах юстиции Для студентов 3-го курса факульт…
  6. Sep 22, 2026TDYU talabalari adliya organlarida tajriba orttiradi Toshkent davlat yuridik universiteti…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →