TGViewer
TSUL_box|Info, Photo, Video, Files TSUL_box|Info, Photo, Video, Files @mediatsul · 4.46K subscribers
Post #1894 1.78K
TDYU rektori akademik litsey jamoasi bilan ochiq muloqot o‘tkazdi

Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi H.K.Muhitdinova nomidagi akademik litseyda TDYU rektori, yuridik fanlar doktori, professor Baxshillo Xodjayevning pedagog-o‘qituvchilar bilan uchrashuvi tashkil etildi.

Uchrashuvda litseyda ta’lim sifatini yanada oshirish, pedagoglarning kasbiy va metodik salohiyatini rivojlantirish, o‘quv-tarbiya jarayoniga zamonaviy yondashuvlarni joriy etish, iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash va ularni qo‘llab-quvvatlash, akademik litsey va universitet o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Ochiq muloqot davomida pedagog-o‘qituvchilarning ta’lim jarayonini takomillashtirishga oid taklif va fikrlari tinglandi. Mavjud masalalarni samarali hal etish hamda kelgusida amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, TDYU rektorining litseyga tashrifi doirasida o‘quvchilar uchun “Rektor soati” ham tashkil etildi. Unda universitet rektori Baxshillo Xodjayev yoshlar bilan samimiy va ochiq muloqot olib bordi.

Rektor o‘quvchilar uchun mamlakatimizda va xalqaro miqyosda yaratilayotgan ta’lim imkoniyatlari, TDYUning xorijiy universitetlar bilan hamkorlikdagi qo‘shma ta’lim dasturlari hamda yuridik ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati haqida ma’lumot berdi.

Shuningdek, amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida o‘quvchilar erishayotgan yutuqlar alohida e’tirof etildi.

“Rektor soati” davomida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

Mazkur uchrashuvlar pedagoglar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, o‘quvchilarning intilishlarini rag‘batlantirish, litsey va universitet o‘rtasidagi ta’limiy uzviylikni mustahkamlash hamda bilimli, tashabbuskor va raqobatbardosh yoshlarni voyaga yetkazishga xizmat qiladi.
More from @mediatsul
  1. Sep 22, 2026В ТГЮУ состоится встреча «Ректор и молодежь» для студентов 1-го курса В Ташкентском госуда…
  2. Sep 22, 2026TDYUda 1-bosqich talabalari uchun “Rektor va yoshlar” uchrashuvi tashkil etiladi Toshkent…
  3. Sep 22, 2026В «Aloqabank» открыта практический сектор ТГЮУ В церемонии открытия приняли участие ректор…
  4. Sep 22, 2026“Aloqabank”da TDYU amaliyot sho‘basi ochildi Sho‘baning ochilish marosimida Toshkent davla…
  5. Sep 22, 2026Студенты ТГЮУ получат практический опыт в органах юстиции Для студентов 3-го курса факульт…
  6. Sep 22, 2026TDYU talabalari adliya organlarida tajriba orttiradi Toshkent davlat yuridik universiteti…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →