Toshkent davlat yuridik universiteti Tadbirkorlik va korporativ huquq shu’basi katta o‘qituvchisi, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Nurbek Toshkanovning loyihasi “Akademik harakatchanlik” dasturi (2026-II) tanlovida dolzarbligi, ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyati bilan yuqori baholandi hamda tanlov g‘olibi deb topildi.
“Oliy ta’lim va ilmiy tashkilotlarda intellektual mulk obyektlarini tijoratlashtirishning fuqarolik-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish” mavzusidagi loyiha oliy ta’lim va ilmiy tashkilotlarda yaratilayotgan intellektual mulk obyektlarini samarali tijoratlashtirish, ilmiy ishlanmalarni amaliyotga keng joriy etish, intellektual faoliyat natijalarining iqtisodiy qiymatini oshirish hamda mazkur sohadagi fuqarolik-huquqiy mexanizmlarni takomillashtirish kabi muhim yo‘nalishlarni qamrab olgan.
Post #1794
2.41K
TDYU xodimining loyihasi “Akademik harakatchanlik” dasturi tanlovida g‘olib bo‘ldi