TGViewer
MaxSoft | Atakulov Kamoliddin MaxSoft | Atakulov Kamoliddin @maxsoft_academy · 233 subscribers
Post #337 843

Forwarded from Yetim dasturchi kundaligi

Bugun O'zbekistondagi eng katta kino portallardan birining dasturchisiman. Ish tajribam 10 yildan ortiq. Tajribam ortida dasturlashdan tashqari elektronika sohasi ham mavjud.

Men shunchaki bugundan boshlab ushbu soha oldida turgan pardalarni olib tashlab o'z tajribamdan hikoyalar berib borishga qaror qildim. Hikoyalar siz tasavvur qilgandek pozitiv bo'lmasligi ham mumkin. Mening maqsadim sizga IT reklamalarda aytilgani kabi boyib ketish sirini o'rgatish emas, axir hali o'zim ham bu ishimdan boyib keta olmaganmanda. Lekin chindan ham bu sohaga qiziqa oladiganlar uchun undagi mavjud kamchiliklariyu yutuqlarni ko'rsatib berish.

Tiktokdagi videolar orasidan chiqib qoladigan aka hech qachon sizga borini gapirmaydi. U shunchaki Stiv Jobsning o'zi ham bexabar bo'lib ketgan so'zlaridan turli iqtiboslar keltirib sizga IT sohasini maqtashga o'tib ketadi xolos. Siz balkim shifokor yoki uchuvchi bo'lmoqchidirsiz lekin uning audit maqsadi uchun bu qiziq emas.

Xohlaymizmi yo'qmi aslida soha bu tassavurimizdagidek sodda emas. U hayotingizdan juda ko'p narsa talab qiladi. Ko'plarini yulib oladi. Batamom normal hayotdan voz kechishingiz kerak. Tartibli va sog'lom dasturchi mavjud emas va bo'la olmaydi ham.

@yetimdasturchi
  • 👍 6
  • 😁 1
More from @maxsoft_academy
  1. Feb 15, 20262 ta haqiqat: 1. Oson va tez katta pul topishning yo'li yo'q. 2. Buning yo'lini topgan oda…
  2. Jan 26, 2026School in the Clouds — Ҳиндистон тажрибаси ва нега бу Ўзбекистонга ҳам керак Ҳиндистонда б…
  3. Jan 11, 2026This year, I wish you less — less information 📣 less food 🍆 less entertainment 📺 less c…
  4. Jan 10, 2026"SI kimlarni ishsiz qoldiradi?" ming marotaba qayta-qayta so'ralgan savol. 3 yil avval shu…
  5. Jan 10, 2026Oʻqituvchi darsga tayyorlanishdan tortib, imtihon olishgacha ishlarni SIga berib, oʻzi koʻ…
  6. Jun 5, 2025Bugun jaxon championstiga chiqish nasib qilsin!!! TVni yoqib qoyib footballni kutayotganla…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →