TGViewer
Channel Public Channel
๐Œ๐š๐ซ๐๐จ๐ง ๐’๐ก๐š๐ฏ๐ค๐š๐ญ๐ฃ๐จ๐ง๐จ๐ฏ | ๐’๐œ๐ก๐จ๐ฅ๐š๐ซ

๐Œ๐š๐ซ๐๐จ๐ง ๐’๐ก๐š๐ฏ๐ค๐š๐ญ๐ฃ๐จ๐ง๐จ๐ฏ | ๐’๐œ๐ก๐จ๐ฅ๐š๐ซ

@mardonshavkatjonov

๐Ÿ“๐‘๐จ๐ฆ๐ž, ๐ˆ๐ญ๐š๐ฅ๐ฒ๐Ÿ‡ฎ๐Ÿ‡น
๐ŸŽ“๐๐œ: ๐“๐’๐”๐„ | ๐Œ๐ฌ: ๐”๐–๐„๐ƒ | ๐€๐๐ฏ. ๐Œ๐ฌ: ๐‹๐š ๐’๐š๐ฉ๐ข๐ž๐ง๐ณ๐š
๐ŸŽ–๏ธ ๐๐š๐ฏ๐จ๐ข๐ฒ ๐ง๐จ๐ฆ๐ข๐๐š๐ ๐ข ๐ƒ๐š๐ฏ๐ฅ๐š๐ญ ๐ฌ๐ญ๐ข๐ฉ๐ž๐ง๐๐ข๐ฒ๐š๐ฌ๐ข ๐ฌ๐จ๐ก๐ข๐›๐ข
๐Ÿ‡ฌ๐Ÿ‡ง ๐‘๐ž๐ ๐ข๐ฌ๐ญ๐จ๐ง ๐ฌ๐ญ๐ข๐ฉ๐ž๐ง๐๐ข๐ฒ๐š๐ฌ๐ข ๐ฌ๐จ๐ก๐ข๐›๐ข
๐Ÿ† ๐Ÿ๐ŸŽ+ ๐—๐š๐ฅ๐ช๐š๐ซ๐จ ๐๐š๐ฌ๐ญ๐ฎ๐ซ๐ฅ๐š๐ซ ๐ โ€™๐จ๐ฅ๐ข๐›๐ข
๐Ÿฅ‹ ๐Œ๐š๐ฌ๐ญ๐ž๐ซ ๐จ๐Ÿ ๐’๐ฉ๐จ๐ซ๐ญ๐ฌ ๐ข๐ง ๐–๐ซ๐ž๐ฌ๐ญ๐ฅ๐ข๐ง๐ 
@scholarsmentor
Subscribers
1.83K
Photos
240
Videos
63
Links
285
Recent Posts 10 shown
Post #823 350
๐Ÿ’ธ Lazio DiSCo stipendiyasining yakuniy (final) natijalari eโ€™lon qilindi! Shaxsiy kabinetingizda quyidagi 3 xil holatdan biri chiqqan boโ€˜lishi mumkin:

โœ… Winner - tabriklayman, birinchilardan boโ€˜lib stipendiyani yutdingiz! Agar profilingizda hech qanday blok (toโ€˜siq) boโ€˜lmasa, noyabr oyidan boshlab pulingiz tushishni boshlaydi.

โœ…
Eligible (Suitable)
- stipendiya talablariga toโ€˜liq mos kelgansiz. Demak, keyingi toโ€˜lqinlarda gโ€˜olib boโ€˜lish imkoniyatingiz juda yuqori (1-7oy ichida). Shu paytgacha ushbu maqomni olgan barcha talabalar stipendiyani qoโ€˜lga kiritishgan.

โ˜บ๏ธ
Excluded
- afsuski, ariza rad etilgan. Bunga ariza topshirishda yoโ€˜l qoโ€˜yilgan xatoliklar, oilaviy daromad koโ€˜rsatkichi (ISEE) limitdan yuqoriligi yoki boshqa texnik sabablar omil boโ€˜lgan boโ€˜lishi mumkin.


@MardonShavkatjonov
  • โคโ€๐Ÿ”ฅ 3
  • ๐Ÿ†’ 2
Post #822 459
๐Ÿ›ซ Samolyotda parvoz vaqtiโ€ฆ

Rimning Ciampino aeroportiga hozirgina qoสปndim. Mening parvozdagi asosiy โ€œmashgสปulotimโ€ nimaligini men bilan birga uchganlar juda yaxshi bilishadi - bu uyqu.

Bilmadim, nega shunaqa, samolyotga chiqdimmi, xoh kunduzi boสปlsin, xoh kechasi - birdan uyqu tortaveradi. Baโ€™zida samolyot hali yerdan uzilmasidanoq uyquga ketib, qoสปnishdagi kichik silkinishdan uygสปonaman. Bu degani - butun parvoz toสปliqligicha uyqu bilan oสปtdi.

Lekin baโ€™zan uyqu kelmay qoladigan holatlar ham boสปladi. Shunday paytlarda eng koสปp qiladigan ishim - oสปzim havas qilgan 2 ta insonning kanallaridagi postlarni oสปqib chiqish.

๐Ÿ“ @profsherzod (Sherzod Moโ€˜minov) โ€” Kembrij universiteti doktori (PhD), ilgari Kembrijda dars bergan va hozirda Buyuk Britaniyadagi University of East Anglia dotsenti, sharqshunos va tarixchi olim.
๐Ÿ“ @DrBekOlimjon (Bek Olimjon) โ€” Norvegiyada faoliyat yuritayotgan tajribali oftalmolog (koสปz shifokori) va tibbiyot fanlari doktori.


Ularning dunyoqarashi, ilmi va fikrlash doirasi shunchalik kuchli va teranki, postlari qanchalik uzun boสปlmasin, erinmasdan oxirigacha oสปqiyman. Har safar oสปqiganimda albatta oสปzim uchun yangi, foydali maสผlumot va ozuqa olaman.

Siz-chi, parvoz paytida koสปproq nima bilan mashgสปul boสปlasiz? Qaysi kanallarni oโ€˜qishni maslahat berasiz?

@MardonShavkatjonov
  • ๐Ÿ†’ 4
  • โšก 3
  • ๐Ÿ˜ 1
Post #821 541
๐Ÿ‡ซ๐Ÿ‡ท Eiffel Excellence Scholarship 2027 โ€” Fransiyada toโ€˜liq grant!

Fransiya hukumati magistratura va PhD uchun eng nufuzli Eiffel grantiga arizalar qabulini boshladi.

๐Ÿ’ฐ Imkoniyatlar:
โ€ข Stipendiya: Magistratura uchun โ‚ฌ1,200/oy, PhD uchun โ‚ฌ2,100/oy;
โ€ข Bepul aviachipta, tibbiy sugโ€˜urta va turar joyda koโ€˜mak;
โ€ข Yoโ€˜nalishlar: Iqtisodiyot, muhandislik, IT, huquq, tabiiy va ijtimoiy fanlar.


โš ๏ธ Asosiy shart:
Grantga toโ€˜gโ€˜ridan-toโ€˜gโ€˜ri topshirib boโ€˜lmaydi. Avval Fransiya universitetiga hujjat topshirasiz, munosib topishsa universitetning oโ€˜zi sizni grantga tavsiya qiladi.

๐Ÿ—“ Rasmiy muddat: 2027-yil 8-yanvar. Lekin universitetlar ichki saralashni noyabr-dekabrda yopadi.

๐Ÿ”— Batafsil

@MardonShavkatjonov
  • ๐Ÿ†’ 3
Post #820 584
๐Ÿ“ฑBugun telefonimga kelgan gโ€˜alati ogohlantirish haqidaโ€ฆ

โš ๏ธ Dasturni yakunlab, mehmonxonada uxlashga yotganimda telefonim toโ€˜satdan baland va gโ€˜alati ovozda baqirib yubordi, bir choโ€˜chib tushdim: "Nima boโ€˜ldi ekan?" deb. Chunki Italiyada yashaganimda bunday holatga umuman duch kelmagandim.

Oโ€˜qib koโ€˜rsam, Ruminiyada 15 yoshli qizcha yoโ€™qolib qolgan ekan. RO-Alert tizimi orqali butun hududdagi barcha aholi va mehmonlarning telefoniga uning tashqi koโ€˜rinishi, kiyimi haqida batafsil maโ€™lumot va havola yuborilib, koโ€˜rgan-bilganlar boโ€˜lsa, darhol politsiyaga xabar berish soโ€˜ralgan. 


Insoniy jihatdan juda ogโ€˜ir va jiddiy muammo, har qanday jamiyatda inson (ayniqsa yosh bola) yoโ€˜qolishi katta fojia. Lekin davlat bu muammoni hal qilish uchun zamonaviy texnologiyani ishga solib, soniyalar ichida butun bir shaharni ogohlikka va yordamga chorlashi juda zoโ€˜r tizim ekan.

Buni qanday ishlashi haqida izlanib, sizlar bilan qisqacha ulashgim keldi:
โžก๏ธ
Bu SMS emas.
Telefonga odatiy SMS boโ€˜lib tushmaydi.
โžก๏ธ
Ovozsiz (silent) rejim ham yordam bermaydi.
Telefoningiz ovozsizda tursa ham, maxsus signali bilan baland ovozda chalinadi.
โžก๏ธ
Hududga bogโ€˜langan.
Davlat xizmatlari muayyan shahardagi barcha aloqa minoralari orqali shu atrofda turgan hamma telefonlarga bir vaqtda signal yuboradi. Qaysi davlat SIM-kartasidan foydalanayotganingiz yoki roumingdaligingizning umuman farqi yoโ€˜q.


โœ… Bunday ogohlantirishlar asosan:
โžก๏ธ
Yoโ€˜qolgan bolalarni izlashda (
Missing Child Alert
/
AMBER Alert
);
โžก๏ธ
Kutilmagan tabiiy ofatlar (toshqin, kuchli dovul, zilzila);
โžก๏ธ
Yirik xavf-xatarlar haqida aholini tezkor ogohlantirish uchun ishlatiladi. 


Sizda ham xorijda yurganda shunaqa xabar kelganmi?

@MardonShavkatjonov
  • ๐Ÿ†’ 6
  • โšก 1
  • ๐Ÿ’ฏ 1
  • ๐Ÿ’” 1
Post #819 608
โœจSCHOLARS 1.0 gโ€˜alabalari davom etadi!

Loyiha bitiruvchisi Arofat Turgunboyeva Aleksandr Faynberg stipendiyasini qoโ€˜lga kiritdilar! ๐ŸŽ‰

Avvalroq Butunjahon Yoshlar Festivaliga ham saralab olingan Arofat, baโ€™zi sabablarga koโ€˜ra u yerda qatnasha olmagan boโ€˜lsalar-da, navbatdagi yuksak marrani zabt etdilar. ๐Ÿ‘

Arofatni ushbu zafar bilan samimiy tabriklaymiz. Yutuqlaringiz bardavom boโ€˜lsin! โœจ

@MardonShavkatjonov
  • โคโ€๐Ÿ”ฅ 9
  • โšก 5
Post #813 645
Bugun Buxarest boสปylab haqiqiy sayohat kuni boสปldi! ๐Ÿ‡ท๐Ÿ‡ด

Xalqaro dasturlarning eng zoสปr tomonlaridan biri albatta, madaniy kun va ekskursiyalar. Dastur doirasida deyarli har safar 1 kun toสปliq shaharni kashf qilish va diqqatga sazovor joylarni aylanib chiqishga ajratiladi.

Bugun ham jamoa bilan birgalikda Buxarestni rostdan ham "agสปdar-toสปntar" qilib aylandik: shaharning deyarli barcha mashhur, tarixiy va goสปzal joylariga tashrif buyurdik.

Eng esda qolarli manzillardan biri - rasmlarda koสปrib turganingiz Ruminiya Parlament Saroyi boสปldi. Bino ulkan va mahobatli!

U haqidagi eng qiziqarli va shok-faktlarni rasmlarga yozib chiqdim, birma-bir koสปrib chiqsangiz boสปladi.

Ruminiya taassurotlari esa davom etmoqdaโ€ฆ

@MardonShavkatjonov
  • โคโ€๐Ÿ”ฅ 6
  • โšก 2
  • ๐Ÿ’ฏ 2
Post #812 768
๐Œ๐š๐ซ๐๐จ๐ง ๐’๐ก๐š๐ฏ๐ค๐š๐ญ๐ฃ๐จ๐ง๐จ๐ฏ | ๐’๐œ๐ก๐จ๐ฅ๐š๐ซ ๐Ÿ“ฉ Join the Global Shapers Tashkent Hub! Are you ready to turn your ideas into action and create a positive impact in your community? Theyโ€™re looking for the next generation of Shapers in Tashkent! Eligibility: - Aged 18โ€“27 - Currently based in Tashkentโ€ฆ
โœ… Global Shapers Community Tashkent - Jahon Iqtisodiy Forumi qoshidagi katta bir doira. Bu yerda siz atrofingizda g'oya beradigan, birga loyiha qiladigan va sizni doim o'sishga tortadigan "aqlli va xarakterli" insonlarni topasiz.

โ—๏ธDunyoning 150+ davlatidagi faol yoshlar va O'zbekistonning eng kuchli yetakchilari bilan to'g'ridan-to'g'ri bog'lanish, qog'ozda emas, real hayotda katta loyihalarni boshqarish imkoni beriladi.

Albatta topshirishingiz kerak.

@MardonShavkatjonov
  • ๐Ÿ’ฏ 6
  • โคโ€๐Ÿ”ฅ 1
Post #811 796
๐Ÿ“ฉ Join the Global Shapers Tashkent Hub!

Are you ready to turn your ideas into action and create a positive impact in your community? Theyโ€™re looking for the next generation of Shapers in Tashkent!

Eligibility:
- Aged 18โ€“27
- Currently based in Tashkent
- Have shown initiative through projects, work, volunteering, entrepreneurship, research, or community activities
- Ready to actively contribute to the Hub and its projects


Why join?
- Develop and lead projects that create local impact
- Work alongside ambitious young people from different fields
- Connect with a global community of 10,000+ young people across 500+ Hubs in 150+ countries and territories
- Grow your leadership, communication, and project-building skills


โฐ Deadline: October 18, 2026, at 23:59
๐Ÿ“ฉ Apply through the application form: https://forms.gle/C64ScyxM9Rc9VTmr8

@MardonShavkatjonov
  • โšก 2
  • โคโ€๐Ÿ”ฅ 1
Post #806 846
โ˜€๏ธ1-kun๐Ÿ‡ท๐Ÿ‡ด

Bugun dasturda bir nechta qiziqarli va o'ylantiradigan narsalarni payqadim, sizlar bilan bo'lishgim keldi.

โญ•๏ธEng e'tiborimni tortgani - ishtirokchilarning yoshi bo'ldi. Eng katta qatnashchimiz 1974-yilda tugโ€™ilgan, yaโ€™ni hozir 52 yoshda! Undan tashqari 1976, 1978, 1988, 1994, 1995-yillar va eng yoshimiz 2008-yilgi ishtirokchi. Ha doโ€™stlar, dasturlarda qatnashishning erta-kechi boโ€™lmas ekan!

๐Ÿ“ŒBizda koโ€™pincha 25 yoshdan keyin bunaqa narsalarni yigโ€™ishtirib, "uy-ish-uy" degan bir xil rejimga oโ€™tib olinadi-ku, to'g'rimi? Lekin bu yerda 50 yoshga kirib ham shunaqa intensiv xalqaro dasturlarda faol qatnashayotganlarni ko'rib, odam havas qiladi.


Bugungi kunimiz haqida qisqacha:
โœ…
Bir-birimizni yaxshiroq tanib olish uchun koโ€™plab
name-memorizing
(ismlarni eslab qolish) oโ€™yinlarini oโ€™ynadik.
โœ…
Sharoitlar ham juda zo'r: 3 mahal ovqat (shaxsan ofitsiantlar xizmat qilyapti) hamda 2 mahal kofe-breyk.


โ—๏ธYevropadagi bu turdagi treyning dasturlarining yana bir o'ziga xos jihati - bu yerda shunchaki jim oโ€™tirib kunni oโ€™tkaza olmaysiz. Har bir ishtirokchi albatta gapirishi kerak va barcha mashqlar ham aynan shunga moslab tuzilgan.

Xullas, agar introvert bo'lsangiz yoki koโ€™p odam bor joyda gapirishga tortinsangiz, bu kabi dasturlar siz uchun eng qiyin (lekin zo'r) sinov boโ€™ladi. ๐Ÿ˜…


๐Ÿ‡น๐Ÿ‡ทAytgancha, Turkiyadan 5 ta ishtirokchi kelgan ekan. Madaniyatimiz va qarashlarimizda o'xshash tomonlarimiz ko'p bo'lgani uchun bugun ko'proq vaqtim ular bilan o'tdi. Shu bahona turkchani ham oz-moz oโ€™rganib olyapman))

โžก๏ธDastur davom etadi, qiziqarli maโ€™lumotlarni ulashib turaman๐Ÿ˜‰

@MardonShavkatjonov
  • โคโ€๐Ÿ”ฅ 8
  • โšก 3
Post #803 837
Ruminiyadan salomlar! ๐Ÿ‡ท๐Ÿ‡ด

Bugun Buxarestga navbatdagi xalqaro dasturda qatnashish uchun yetib keldim. Dastur boโ€™ladigan joyga borishdan oldin ozgina shahar aylandim.

Rimga qaraganda odam ancha kamroq, lekin chiroyli joylari ham yetarli ekan. Bugun qandaydir bayram arafasida barcha yoโ€™llar mashinalar uchun yopilib, faqat aholi aylanishi uchun sharoit qilishibdi - xuddi meni kelishimni bilishgandek..๐Ÿ˜ Shu bahona yayrab aylanib oldim. Va kechga dasturimiz boโ€™ladigan joyga ham yetib keldim.

Dastur Tei koโ€™lini shundoqqina yonida boโ€™lib oโ€™tadi. Turkiya, Italiya, Ispaniya, Ruminiya va Polsha davlatlaridan umumiy 25 ga yaqin ishtirokchi yigโ€™ilgan.

Dasturdan qiziqarli lavhalarni ulashib borishga harakat qilaman๐Ÿ˜‰

@MardonShavkatjonov
  • โคโ€๐Ÿ”ฅ 4
  • โšก 2
Older posts โ†’

About this channel

How can I read @mardonshavkatjonov without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for ๐Œ๐š๐ซ๐๐จ๐ง ๐’๐ก๐š๐ฏ๐ค๐š๐ญ๐ฃ๐จ๐ง๐จ๐ฏ | ๐’๐œ๐ก๐จ๐ฅ๐š๐ซ: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does ๐Œ๐š๐ซ๐๐จ๐ง ๐’๐ก๐š๐ฏ๐ค๐š๐ญ๐ฃ๐จ๐ง๐จ๐ฏ | ๐’๐œ๐ก๐จ๐ฅ๐š๐ซ have?
๐Œ๐š๐ซ๐๐จ๐ง ๐’๐ก๐š๐ฏ๐ค๐š๐ญ๐ฃ๐จ๐ง๐จ๐ฏ | ๐’๐œ๐ก๐จ๐ฅ๐š๐ซ (@mardonshavkatjonov) has 1.83K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does ๐Œ๐š๐ซ๐๐จ๐ง ๐’๐ก๐š๐ฏ๐ค๐š๐ญ๐ฃ๐จ๐ง๐จ๐ฏ | ๐’๐œ๐ก๐จ๐ฅ๐š๐ซ know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook โ†’Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 โ†’