TGViewer
Channel Public Channel
Aleph Nought

Aleph Nought

@leph0

(Aleph-nought, also Aleph-zero or Aleph-null) is the cardinality of the set of all natural numbers, and is an infinite cardinal.
Subscribers
991
Photos
97
Videos
36
Links
161

Showing posts older than #306 · Back to latest

Older Posts 20 shown
Post #305 1.47K
Golang'chilar uchun foydali maqola ekan 😂
  • 😁 17
  • 🤣 4
  • 👾 2
Post #301 1.24K
Aleph Nought https://telegra.ph/WebGPUda-hisoblash-asoslari-07-24
nihoyat kimdir o'qib ko'ripti) bazi linklar tushb qoganakan, to'g'llab qo'ydim.
  • 👏 2
Post #300
Aleph Nought pinned «https://telegra.ph/WebGPUda-hisoblash-asoslari-07-24»
Post #297 1.06K
Biror freymvorkni o'rganishga ketadigan vaqt - O'sha freymvorksiz ham qilish mumkin bo'lgan ishni o'rganishga ketadigan vaqtdan ko'p bo'lmasligi kerak)
  • 👍 32
Post #294 2.43K
Domen-furushlarga qarshi post

Bilsangiz kerak ba'zilar bo'sh domenlarni avvaldan sotib oladilar. Ko'pchilikda maqsad - vaqti kelganda uni qimmatroqqa sotish. Misol uchun man lumen.uz domenini qaradim. U allaqachon sotib olingan. Saytga kirsangiz 1 sahifali page qilib, o'sha domen sotilishi yozib qo'yilgan. Bog'landim va sotib olmoqchi ekanligimni bildirdim.

Telefon suhbatidan:

U: Agar siz biznes egasi bo'lsangiz 2000$ aks holda (biroz sukut saqlab) hmmmmm... yo'q, 2000$ turadi domen. Agar sizga qimmatli qilsa uzur.

Qimmatlik qilsa emish... E o'rgildim. Odamlarda pul bor. Shunchaki hamma ham ~30.000 so'mdan oshmaydigan domenni 2000$ ga sotib oladigan ahmoq emas.

Nima qilish kerak?

Masalan maktab platformasi uchun maktab.uz ajoyib. Ammo uni e-maktab.uz qilib yuborish ham muammo emas. Bozor platformasi uchun bozor.uz ni berishmayaptimi, unda e-bozor.uz oling. "e-" birikmasi qo'shilgan domenlarni ham sotib olishgan bo'lsa, hechqisi yo'q. LeBazar ham LeBazar-ku, eBazar emas...

Demak shunday holatlarda, bemalol domeningiz oldidan yoki davomidan (prefix-, -suffix) boshqa so'z qo'yib olavering. Masalan original domen map.uz. Ammo siz uni openmap.uz deb ro'yxatdan o'tkazasiz. Agar loyihangiz chindan ham foydali va "Uzum" ga o'xshab mashxur bo'lib ketsa, u brand'ga aylanadi va hech kim shunchaki map.uz ni sotib olmaydi...

Bu yerda bir qancha mashhur prefix va suffix lar ro'yxatini qoldirmoqchi edim. Ammo quloqlar bo'lishi mumkin...
  • 💯 15
  • 👍 12
  • 🤣 6
  • 😁 2
Post #293 1.02K
Boshqacha fizika. Ammo baribir qiziq
  • 👍 9
  • 😁 5
Post #292 1.19K
UK Hayot | Saidolim Umr oʻtar Vaqtning oʻtishini qarang. Shu rasmni qoʻyganimga 1 yil boʻldi. Bu davr ichida har hafta shu joydan oʻtib keldim. Kuzning toʻxtovsiz haftalab yoqqan yomgʻirli, qishning behuzur qiluvchi sovuq va bahorning kuchli shamolli kunlarida ham shu yerda…
immutable & forward-able)
  • 🔥 2
  • 👍 1
Post #291 1.18K

Forwarded from UK Hayot | Saidolim

Umr oʻtar

Vaqtning oʻtishini qarang. Shu rasmni qoʻyganimga 1 yil boʻldi. Bu davr ichida har hafta shu joydan oʻtib keldim. Kuzning toʻxtovsiz haftalab yoqqan yomgʻirli, qishning behuzur qiluvchi sovuq va bahorning kuchli shamolli kunlarida ham shu yerda edi.

Har kuni ertalab ishga ketadi. Joylari saramjon va oʻtgan-ketgan ziyon yetkazmadi. Ust-boshi toza, oʻzi ham yuvinib yuradi. Avvallari men koʻrgan uysizlardan farqli turmush tarzga ega.

Eng qizzigʻi, avvalgi rasm bilan hozirgi orasida koʻp narsa oʻzgarmagan koʻrinsa ham eng katta oʻzgarish kutoblari soni ortgan. Juda koʻp kitob oʻqiydi. Sotib olsa kerak. Chunki kutubxonadan olganida edi, qaytargan boʻlardi.

PDF bormi? Tashlab bering. - deydigan kitobxonlar shu sababli ham gʻashimga tegadi. Ilm qadrli, bepul emas.


Uyning ijarasiga £500-£1000 toʻlamasdan ham yashasa boʻlar ekan. Toʻgʻrimi? Lekin harakat va tavakkal qilishdan toʻxtamang. Har bir sinovning mukofoti bor.

Kitob oʻqing.


Kitob oʻqing. Uysiz boʻlsangiz ham.
Kitob oʻqing. Nonushtasiz qilsangiz ham.
Bir kun keladi va albatta natijasini koʻrasiz.
Va albatta, qiyin kunlaringizni sizga Alloh sinov qilib bergani uchun shukr qilasiz.

Kuningiz hayrli oʻtsin.

@UKHayot
  • 👍 18
  • ❤ 4
  • 🔥 1
Post #289 1.34K
GitHub'da turgan repolarni clone qimasdan biror environmentda (onlayn) sinab koradigan platforma bilmisilami?

Muammo shundaki kimdadir 500+ repo bor. Localda yo'q. Qaysi proekt nima ish qilishi esdan chiqqan, tezro ko'rvolish kerak. Bo'masa har bittasini clone, install, run qilib keyin tekshirib chiqish kerak.

O'zi shunaqa platforma bormi)

Bo'lishi mumkunligiga umid shundaki, masalan vercel yoki netlify'ga repo ulansa, srazi build/deploy qiladi. Ammo u bir host. Keyin bu oxirgi variant)
  • 👍 8
Post #288 1.49K
Middle button uchun command yozayotgan edim, MagicMouse hurmati bundan voz kechdim...
  • 😁 7
Post #287 1.85K
Dasturchilarga rostan qiyin

Ko'chadasiz.
Siz: 42-avtobus "Oloy" bozoriga boradimi?
U (dasturchi emas): 57 boradi.

Ok. Rostdan ham 57-avtobus o'sha bozorga boradi. Ammo endi 42-avtobus boradimi yo'qmi bilolmaysiz.

Bobosher magazinda.
"Hamma narsa 100.000 so'm" deb yozilgan. U hamma narsani sotib oladi va umumiy 100K so'm beradi (Chunki for each ishlatilmagan). Shundan keyin uni hech kim ko'rmaydi)

Davomi izohlarda...
  • 🤣 29
  • 👍 3
Post #286 1.29K
Dasturchilarga ham osonmas
  • 😁 13
  • 🤣 6
  • 💯 3
  • 👍 2
Older posts →
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →