Domen-furushlarga qarshi post
Bilsangiz kerak ba'zilar bo'sh domenlarni avvaldan sotib oladilar. Ko'pchilikda maqsad - vaqti kelganda uni qimmatroqqa sotish. Misol uchun man lumen.uz domenini qaradim. U allaqachon sotib olingan. Saytga kirsangiz 1 sahifali page qilib, o'sha domen sotilishi yozib qo'yilgan. Bog'landim va sotib olmoqchi ekanligimni bildirdim.
Telefon suhbatidan:
U: Agar siz biznes egasi bo'lsangiz 2000$ aks holda (biroz sukut saqlab) hmmmmm... yo'q, 2000$ turadi domen. Agar sizga qimmatli qilsa uzur.
Qimmatlik qilsa emish... E o'rgildim. Odamlarda pul bor. Shunchaki hamma ham ~30.000 so'mdan oshmaydigan domenni 2000$ ga sotib oladigan ahmoq emas.
Nima qilish kerak?
Masalan maktab platformasi uchun maktab.uz ajoyib. Ammo uni e-maktab.uz qilib yuborish ham muammo emas. Bozor platformasi uchun bozor.uz ni berishmayaptimi, unda e-bozor.uz oling. "e-" birikmasi qo'shilgan domenlarni ham sotib olishgan bo'lsa, hechqisi yo'q. LeBazar ham LeBazar-ku, eBazar emas...
Demak shunday holatlarda, bemalol domeningiz oldidan yoki davomidan (prefix-, -suffix) boshqa so'z qo'yib olavering. Masalan original domen map.uz. Ammo siz uni openmap.uz deb ro'yxatdan o'tkazasiz. Agar loyihangiz chindan ham foydali va "Uzum" ga o'xshab mashxur bo'lib ketsa, u brand'ga aylanadi va hech kim shunchaki map.uz ni sotib olmaydi...
Bu yerda bir qancha mashhur prefix va suffix lar ro'yxatini qoldirmoqchi edim. Ammo quloqlar bo'lishi mumkin...
Post #294
2.43K
- 💯 15
- 👍 12
- 🤣 6
- 😁 2