Oxirgi paytlarda 1-2 ta o'zi ham tushunmaydigan conference yoki hackatonlarda qatnashib, o'zini zo'r mutaxassis deb hisoblaydiganlar ko'payib ketayapti. Umrida bir qator kod yozmagan IT project managerlar, matematikani bilmaydigan AIchilar, bittagina prezentatsiya bilan falon so'm yutib olgan ixtirochilar, umrida startup qilib ko'rmagan startup maslahatchilar, ... . 2-3 tasi bilan gaplashib ko'rdim, nuqul osmondan keladi, lekin gapida ma'no yo'q. Lekin shular mediaga chiqib oddiy xalq tushunmaydigan 2-3 ta termin qo'shib gapirsa odamlar "o'g'lim/qizim shunga o'xshasin" deb comment yozadi. Menga nima, o'zlarini xursand qilib yuraversin deyman-u, lekin hamma e'tibor shularda bo'lgani uchun aslida qo'lidan ish keladigan yoshlar soyada qolib ketayapti. Aslida shu qo'lidan ish keladigan qatlam haqli bo'lgan imkoniyatlar haligi "mutaxassis"larga berilib, bir tiyinga qimmat ishlarga sovurilib ketayapti.
Bu postni ko'rolmaslik deb hisoblasangiz, mayli, shunday bo'lsin.
Post #750
5.54K
- 👍 91
- 😁 13
- 🍾 1