Vaqtning oʻtishini qarang. Shu rasmni qoʻyganimga 1 yil boʻldi. Bu davr ichida har hafta shu joydan oʻtib keldim. Kuzning toʻxtovsiz haftalab yoqqan yomgʻirli, qishning behuzur qiluvchi sovuq va bahorning kuchli shamolli kunlarida ham shu yerda edi.
Har kuni ertalab ishga ketadi. Joylari saramjon va oʻtgan-ketgan ziyon yetkazmadi. Ust-boshi toza, oʻzi ham yuvinib yuradi. Avvallari men koʻrgan uysizlardan farqli turmush tarzga ega.
Eng qizzigʻi, avvalgi rasm bilan hozirgi orasida koʻp narsa oʻzgarmagan koʻrinsa ham eng katta oʻzgarish kutoblari soni ortgan. Juda koʻp kitob oʻqiydi. Sotib olsa kerak. Chunki kutubxonadan olganida edi, qaytargan boʻlardi.
PDF bormi? Tashlab bering. - deydigan kitobxonlar shu sababli ham gʻashimga tegadi. Ilm qadrli, bepul emas.
Uyning ijarasiga £500-£1000 toʻlamasdan ham yashasa boʻlar ekan. Toʻgʻrimi? Lekin harakat va tavakkal qilishdan toʻxtamang. Har bir sinovning mukofoti bor.
Kitob oʻqing.
Kitob oʻqing. Uysiz boʻlsangiz ham.
Kitob oʻqing. Nonushtasiz qilsangiz ham.
Bir kun keladi va albatta natijasini koʻrasiz.
Va albatta, qiyin kunlaringizni sizga Alloh sinov qilib bergani uchun shukr qilasiz.
Kuningiz hayrli oʻtsin.
@UKHayot
