Buxoro shahrida raketa modellari sporti boʻyicha Oʻzbekiston kubogi musobaqasida universitetimiz talabasi gʻolib boʻldi.
S-9-A sinfida oʻz iqtidorini namoyish etgan Neft-gaz va geologiya fakulteti talabasi Umrbek Yoʻldoshev 1-oʻringa sazovor boʻldi.
Bu gʻalaba tasodif emas. Umrbek Yoʻldoshev joriy yil may oyida Navoiy shahrida raketamodel sporti boʻyicha boʻlib oʻtgan musobaqada Oʻzbekiston chempioni boʻlgan edi.
Iqtidorli talabamizni muhim gʻalabasi bilan samimiy muborakbod etamiz!
Bizni birga kuzatib boring: 👇
🌐 Website | 📱 Facebook | 📱 Instagram | 📱 YouTube
QarDTU axborot xizmati ✍️

