TGViewer
Qarshi davlat texnika universiteti Qarshi davlat texnika universiteti @kstu_uz · 7.38K subscribers
Post #14399 741
#Mega_marafon

Universitetimizda “Mega marafon” haftaligi davom etmoqda. Bu galgi uchrashuvlar Raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellekt hamda Iqtisodiyot va boshqaruv fakultetlari talabalari ishtirokida oʻtkazildi.


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari yoshlarning oʻz iqtidorini namoyon etishi uchun muhim imkoniyat ekanligi taʼkidlandi.

Xoʻsh, unda qatnashish tartibi qanday? Kimlar hujjat topshirishi mumkin? Kimga murojaat qilish lozim?

Uchrashuvda ana shunday savollar yuzasidan keng maʼlumotlar berildi. Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish boʻlimi xodimlari yoshlar oʻrtasida oʻtkazib kelinayotgan boshqa tanlovlar haqida ham aytib oʻtdilar.

Iqtisodiyot va boshqaruv fakultetida "Gʻoyadan tayyor startap loyihagacha" mavzusida tashkil etilgan seminar talabalar uchun foydali va qiziqarli boʻldi.

Ishtirokchilar startap gʻoyasi shakllantirish, bozorni tahlil qilish, biznes model va MVP yaratish, shuningdek, loyihani taqdim etish boʻyicha amaliy bilimlarga ega boʻldilar.

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🌐 Website | 📱 Facebook | 📱 Instagram   | 📱  YouTube

QarDTU axborot xizmati ✍️
More from @kstu_uz
  1. Oct 16, 2026#Xalqaro_hamkorlik Universitetimiz professor-oʻqituvchilari Turkiyada tajriba oshirmoqdala…
  2. Oct 16, 2026#Tadqiqot Qarshi davlat texnika universiteti tayanch doktoranti Goʻzal Ibrohimovaning "Tak…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →