TGViewer
Qarshi davlat texnika universiteti Qarshi davlat texnika universiteti @kstu_uz · 7.38K subscribers
Post #14392 1.47K
#Xalqaro_hamkorlik

Universitetimiz professor-oʻqituvchilari Turkiyada tajriba oshirmoqdalar.


Delegatsiyamiz aʼzolari – oʻquv ishlari boʻyicha prorektor Zafar Chorshanbiyev, "Geologiya va konchilik ishi" kafedrasi mudiri Uchqun Eshonqulov hamda professor-oʻqituvchilar Farusxon Olimov va Muzaffar Gʻofirov Malatya shahridagi Turgut Oʻzal universitetida qisqa muddatli xorijiy xizmat safarida boʻlib turibdilar.

Xizmat safari davomida Qarshi davlat texnika universiteti hamda Turgut Oʻzal universiteti oʻrtasida oʻzaro hamkorlikni yanada kengaytirish rejalashtirilgan.

Oʻzaro muloqotlar jarayonida talabalarning akademik mobilligini tashkil qilish, professor-oʻqituvchilarni dars jarayonlariga jalb etish va qisqa muddatli stajirovkalarni amalga oshirish, geologiya va konchilik, qishloq xoʻjaligi hamda kompyuter texnologiyalari sohalarida xalqaro loyihalarda birgalikda ishtirok etish masalalari qizgʻin muhokama qilindi.

Bundan tashqari, nufuzli universitetlar reytingiga kirish, ilmiy salohiyatni oshirish omillari boʻyicha ham oʻzaro tajriba almashilmoqda.

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🌐 Website | 📱 Facebook | 📱 Instagram   | 📱  YouTube

QarDTU axborot xizmati ✍️
More from @kstu_uz
  1. Oct 16, 2026#Diqqat 📣 QARSHI DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI YOSHLARI! 📱 BU KANAL SIZ UCHUN! 🎓 Universi…
  2. Oct 16, 2026#Muloqot Qarshi davlat texnika universitetida magistrantlar uchun ilmiy-amaliy uchrashuv o…
  3. Oct 16, 2026#Zakovat Iqtisodiyot va boshqaruv fakultetida Oʻzbek tili kuni bayramiga bagʻishlab “Zakov…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →