TGViewer
Qarshi davlat texnika universiteti Qarshi davlat texnika universiteti @kstu_uz · 7.38K subscribers
Post #14436 512
#Muloqot

Qarshi davlat texnika universitetida magistrantlar uchun ilmiy-amaliy uchrashuv o‘tkazildi


Neft-gaz va geologiya fakultetida magistratura talabalari ishtirokida “Ilmiy tadqiqot uchun ilk qadam” mavzusida ilmiy-amaliy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad talabalarning ilmiy salohiyatini oshirish hamda nazariy bilimlarni bevosita amaliyot va ishlab chiqarish jarayonlariga tatbiq etish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat bo‘ldi.

Uchrashuvda rektor maslahatchisi N.Jo'rayev, magistratura bo‘limi boshlig‘i H.Sag‘diyev, xalqaro hamkorlik boʻlimi mas'ul xodimi B.Aliyev hamda fakultet kafedra mudirlari o‘z mulohazalarini bildirdilar.

Mutaxassislar tomonidan yosh tadqiqotchilarga ilmiy ish olib borish metodologiyasi, dolzarb muammolarga to‘g‘ri yechim topish va tadqiqot o‘tkazishning asosiy bosqichlari sodda va tushunarli misollar yordamida tushuntirib berildi. Xalqaro hamkorlik istiqbollari haqida ham so‘z bordi.

Shuningdek, tadbir davomida talabalarni huquqiy savodxonligini oshirish masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 500-sonli qarori mazmun-mohiyati talabalarga yetkazildi.

Xuddi shu kabi tadbir Raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellekt fakultetida ham oʻtkazildi.

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🌐 Website | 📱 Facebook | 📱 Instagram   | 📱  YouTube

QarDTU axborot xizmati ✍️
More from @kstu_uz
  1. Oct 16, 2026#Diqqat 📣 QARSHI DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI YOSHLARI! 📱 BU KANAL SIZ UCHUN! 🎓 Universi…
  2. Oct 16, 2026#Zakovat Iqtisodiyot va boshqaruv fakultetida Oʻzbek tili kuni bayramiga bagʻishlab “Zakov…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →