#Xushxabar
🏆 Umirbek Yoʻldoshev – Oʻzbekiston chempioni!
Navoiy shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy kengashi tomonidan raketamodel sporti boʻyicha mamlakat chempionati yuqori saviyada boʻlib oʻtdi.
Mazkur nufuzli musobaqada yurtimizning turli hududlaridan iqtidorli yoshlar oʻzaro kuch sinashdilar.
Quvonarlisi, Neft-gaz va geologiya fakulteti “Geologiya va konchilik ishi” kafedrasining 3-bosqich talabasi Umirbek Yoʻldoshev S-7 sinfi yoʻnalishida 1-oʻringa sazovor boʻldi.
Talabamizning ushbu yutugʻi nafaqat fakultetimiz, balki universitetimiz jamoasi uchun ham katta faxr va sharafdir. Bu natija yoshlarimizning sportga boʻlgan qiziqishi, intilishi hamda yurtimizda yosh avlodni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash borasida olib borilayotgan islohotlarning amaliy samarasidir.
Umirbek Yoʻldoshevni ushbu gʻalaba bilan samimiy muborakbod etamiz!
Bizni birga kuzatib boring: 👇
🌐 Website | 📱 Facebook | 📱 Instagram | 📱 YouTube
QarDTU axborot xizmati ✍️
Post #9384
2.84K



- 👍 10
- 🏆 10
- 🔥 1