TGViewer
Qarshi davlat texnika universiteti Qarshi davlat texnika universiteti @kstu_uz · 7.39K subscribers
Post #14122 1.33K
#Kelajak_soati

Bugun “Muhandislik ilmiy-ishlab chiqarish markazi” (fab-lab) faollar zalida universitet rektori Sherzod Neʼmatov ishtirokida talabalar uchun navbatdagi “Kelajak soati” darsi boʻlib oʻtdi.


“Odatlar hayotimizni oʻzgartiradi” mavzusiga bagʻishlangan mashgʻulotda muvaffaqiyatga erishish, vaqtni samarali boshqarish va shaxsiy rivojlanishda kundalik odatlarning oʻrni haqida soʻz yuritildi.

Dars davomida rektor dunyoga mashhur va katta muvaffaqiyatlarga erishgan insonlarning hayot tarzi, kundalik mashgʻulotlari hamda ularning yutuqlariga zamin yaratgan odatlari haqida qiziqarli maʼlumotlar berdi. Shuningdek, vaqtni toʻgʻri taqsimlash, kun tartibiga rioya qilish, mutolaa bilan muntazam shugʻullanish, oʻz ustida ishlash va maʼnaviy kamolotga intilish kabi fazilatlarni shakllantirish muhimligini hayotiy misollar orqali tushuntirdi.

- Inson hayotini oʻzgartirish uchun har doim ham katta imkoniyat yoki keskin qaror kerak emas, — dedi rektor. — Baʼzan kuniga 5–10 daqiqa kitob oʻqish, ozgina vaqtni oʻz ustida ishlashga ajratish yoki zararli odatlardan bosqichma-bosqich voz kechish ham kutilgan natijaga olib keladi. Eng muhimi, boshlagan ishimizda izchil boʻlish va foydali odatlarni kundalik hayotimizning ajralmas qismiga aylantirishdir.

Jeyms Klirning “Atom odatlar” kitobi inson hayotida ijobiy oʻzgarishlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish, foydali odatlarni shakllantirish va zararli odatlardan voz kechishda muhim manba boʻlib xizmat qilishi aytildi.

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🌐 Website | 📱 Facebook | 📱 Instagram   | 📱  YouTube

QarDTU axborot xizmati ✍️
  • 👍 2
More from @kstu_uz
  1. Oct 12, 2026🟦🟦🟦 🟦🟦🟦 Amazon Web Services {👩‍💻} kurslari endi aileaders.uz platformasida! 🔊 AQS…
  2. Oct 12, 2026#Muloqot Bugun universitetda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-a…
  3. Oct 12, 2026#Jarayon Rektor Sherzod Ne’matov Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt fakultetidagi…
  4. Oct 12, 2026🟥🟥🟥🟩🟩🟩 🗣“Yurtim qadriyatlari” ko‘rik-tanlovi e’lon qilindi 🏛Oliy ta’lim, fan va in…
  5. Oct 12, 2026#Nazorat Bugun universitet rektori Sherzod Ne’matov xorijiy til bo‘yicha o‘tilayotgan dars…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →