TGViewer
Qarshi davlat texnika universiteti Qarshi davlat texnika universiteti @kstu_uz · 7.39K subscribers
Post #14153 861
#Nazorat

Bugun universitet rektori Sherzod Ne’matov xorijiy til bo‘yicha o‘tilayotgan dars jarayonini kuzatdi.


O‘rganish davomida auditoriyalardagi ta’lim muhiti, darsning zamonaviy interfaol metodlar asosida tashkil etilishi hamda “Xorijiy tillar” kafedrasi o‘qituvchisi Shohista Qarshiyevaning kasbiy mahoratiga alohida e’tibor qaratildi.

Rektor mashg‘ulot jarayoniga xalaqit bermagan holda, yoshlarning til o‘rganishga bo‘lgan qiziqishi va ularning mashg‘ulotlardagi faolligini bevosita tahlil qildi.

Darsdan so‘ng talabalar bilan samimiy muloqot o‘tkazildi. Bugungi global davrda iqtisodiyot, muhandislik va texnika yo‘nalishlari uchun xorijiy tillarni mukammal egallash, xalqaro ilmiy adabiyotlardan erkin foydalanish va xalqaro almashinuv dasturlarida ishtirok etish muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🌐 Website | 📱 Facebook | 📱 Instagram   | 📱  YouTube

QarDTU axborot xizmati ✍️
More from @kstu_uz
  1. Oct 12, 2026🟦🟦🟦 🟦🟦🟦 Amazon Web Services {👩‍💻} kurslari endi aileaders.uz platformasida! 🔊 AQS…
  2. Oct 12, 2026#Muloqot Bugun universitetda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-a…
  3. Oct 12, 2026#Jarayon Rektor Sherzod Ne’matov Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt fakultetidagi…
  4. Oct 12, 2026🟥🟥🟥🟩🟩🟩 🗣“Yurtim qadriyatlari” ko‘rik-tanlovi e’lon qilindi 🏛Oliy ta’lim, fan va in…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →