TGViewer
Qarshi davlat texnika universiteti Qarshi davlat texnika universiteti @kstu_uz · 7.39K subscribers
Post #14160 1.78K
#Jarayon
 
Rektor Sherzod Ne’matov Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt fakultetidagi 8-son talabalar turar joyidagi yoshlar holidan xabar oldi.

 
Prorektorlar va universitet profilaktika inspektorlari ishtirokida talabalar turar joyida yaratilgan shart-sharoitlar, xonalar harorati, oshxona, dars qilish va dam olish xonalarining holati ko‘zdan kechirildi.
 
Oliygoh rahbari talabalar bilan samimiy suhbatlashib, ularning yashash sharoitlari, darsdan bo‘sh vaqtlarini qanday tashkil etayotgani, shuningdek, taklif va muammolari bilan qiziqdi. Ayniqsa, talabalarning sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar bo‘yicha amaliy loyihalari, startap g‘oyalari hamda ularni qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi.
 
Suhbat jarayonida yoshlarning internet tarmog‘idan unumli foydalanishi, kitobxonlik va sport bilan shug‘ullanishi uchun qulay muhitni yanada kengaytirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🌐 Website | 📱 Facebook | 📱 Instagram   | 📱  YouTube

QarDTU axborot xizmati ✍️
  • 🔥 2
More from @kstu_uz
  1. Oct 14, 2026Assalomu alaykum! Boshlangan yangi kuningiz xayrli va barakali boʻlsin! Ne’matlarning eng…
  2. Oct 13, 2026#Muvaffaqiyat_sari_qadam Energetika muhandisligi fakulteti talabasi Farangiz Shukurova – B…
  3. Oct 13, 2026#Yoshlar_forumi Universitetimiz yoshlari yetakchisi Sardor Samadov Toshkent shahrida oʻtka…
  4. Oct 13, 2026#Mega_marafon Avval xabar berganimizdek, universitetimizda iqtidorli talabalarning ilmiy t…
  5. Oct 13, 2026Erkinjon Turdimov: Oliy ta’limda asosiy mezon — sifatli bilim, puxta egallangan kasb va yo…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →